Yangilangan sana: 2012-01-14 Ko`rilgan: 977

Vatan himoyachilarining shonli bayrami

      Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligi va Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda. Joylarda ushbu shonli sanaga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 14 yanvar. Mustaqillik maydoni. An’anaga ko‘ra bu yerda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari tantanali saf tortdilar.

      …O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi. Bu tantanali onlar ona allasi va buyuk ajdodlarimiz o‘gitlari bilan qalblarimizda muhrlangan xalqimizning buyuk qudrati, yuksak ma’naviyati va tafakkuri, metin irodasining ifodasidir. Vatan himoyachilari qalbida Vatanga muhabbat, ona yurtimiz – O‘zbekistondan faxr-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi.

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov Qurolli Kuchlarning 20 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga tabrigida armiyamiz hozirgi kunda nafaqat Vatanimiz chegaralarini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilmoqda, ayni vaqtda mustahkam iroda va xarakter, mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadigan, jismoniy chiniqish va yuksak insoniy fazilatlar kamol topadigan haqiqiy professional malaka oshirish maktabiga aylanmoqda, deb aytishga barcha asoslarimiz borligini alohida ta’kidladi.

      …Vatan himoyachilari hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi – Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydilar. Vatanimiz himoyachilari tomonidan mazkur ozodlik ramziga ko‘rsatilgan hurmat va ehtirom mustaqillik yillarida erishilgan tinchlik va osoyishtalik, g‘urur va iftixor, ezgulik va bag‘rikenglik xalqimiz uchun buyuk ne’mat ekanining yana bir dalolatidir.

      – Mustaqillik – xalqimizning ko‘p yillik kurashi evaziga qo‘lga kiritilgan buyuk tarixiy g‘alabadir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qorovul qo‘shinlari harbiy qismi guruh komandiri, 2011 yilning «Eng namunali serjant» tanlovi g‘olibi serjant Sherali Vasiyev. – Biz, harbiylar mamlakatimizda qaror topgan tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish yo‘lida Vatanimiz mustaqilligini qo‘z qorachig‘idek himoya qilamiz va asraymiz.

     

(O'zA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Vatan himoyachilarining shonli bayrami

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Prezident Islom Karimoving O‘zbekiston xalqiga yangi yil tabrigi

      Aziz vatandoshlar!

     

      Muhtaram do‘stlar!

      Mana shu fayzli oqshomda bayram dasturxoni atrofida jamuljam bo‘lib, yangi yilni kutib olayotgan siz azizlarni, butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning samimiy hurmat va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.

Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

      Ommaviy axborot vositalari, nashriyot, poligrafiya korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlarni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar va omillarni yaratish, buning asnosida ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini ta’minlash, axborot sohasini rivojlantirishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamiyat nazoratini o‘rnatishda ularning rolini oshirish maqsadida:

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте