Yangilangan sana: 2019-02-09 Ko`rilgan: 349

Jahon e`tirof etgan alloma Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi keng nishonlanmoqda

Yurtimizda kechayotgan shiddatli islohotlar, xalqimiz ezgu maqsad-muddaolarini o`zida aks ettirgan misli ko`rilmagan o`zgarishlar boy ma`naviy ildizlarimizga tayanadi. Ma`naviyatimiz asoslarini esa buyuk shoir va mutafakkir bobokalonimiz Alisher Navoiyning bebaho merosidan ayro tasavvur etib bo`lmaydi.

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida jahon e`tirof etgan alloma bobomiz tavalludining 578 yilligi keng nishonlanmoqda. 9 fevral - benazir shoir tug`ilgan kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomi bilan yuritiluvchi O`zbekiston Milliy bog`ida tantanali tadbir bo`lib o`tdi. Bog` hududi ham erta tongdanoq adabiyot muxlislari, senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tuzilmalari, mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyot fidoyilari, she`riyat muxlislari, o`qituvchilar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik bilan gavjum bo`ldi.

Shu kuni poytaxtimizning Navoiy ko`chasidagi shoir haykali qad rostlab turgan xiyobonda yoshlar, she`riyat muxlislari ishtirokida mushoira bo`lib o`tdi. Navoiy ijodining inson kamoloti, yuksak ma`naviyatli shaxs tarbiyasidagi o`rni xususida, bebaho meros barcha ijodkorlar kabi yosh shoirlarning ilk qadamida ham muhim ilhom manbai bo`lib xizmat qilayotgani xususida atroflicha so`z yuritildi. Mutafakkir g`azal va ruboyilari, yosh shoirlarning ijodidan namunalar yangradi.

Bu kabi tadbirlar, she`riyat va adabiyot, ma`naviyat bayramlari yurtimizning barcha hududlari, kutubxonalar, ta`lim maskanlari, mahallalar, idora va tashkilotlarda bo`lib o`tmoqda. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida jahon e`tirof etgan alloma bobomiz tavalludining 578 yilligi keng nishonlanmoqda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Islom Karimov xalqimiz xotirasida mangu yashaydi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo`ydi...

Minsk shahrida o`zbekistonlik adiblarning kitob burchagi tashkil etildi

Belarus poytaxti Minsk shahrida 26-xalqaro kitob ko`rgazmasi bo`lib o`tdi...

Mashhur yangiliklar