Yangilangan sana: 2019-01-30 Ko`rilgan: 387

Islom Karimov xalqimiz xotirasida mangu yashaydi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo`ydi.

Birinchi Prezidentimiz o`zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o`chmas iz qoldirdi. Nafaqat O`zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro`-e`tiborga sazovor bo`ldi.

Mamlakatimizda Islom Karimov xotirasiga katta hurmat-ehtirom ko`rsatilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi "O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to`g`risida"gi qaroriga muvofiq, bu borada keng ko`lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi. Toshkent davlat texnika universiteti, Asaka shahridagi avtomobil zavodi, Farg`ona shahridagi San`at saroyi, Toshkent xalqaro aeroporti, Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi ko`chalarga Islom Karimov nomi berildi. Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida buyuk Yo`lboshchimizning haykallari o`rnatildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi qaroriga asosan 2018 yilda buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi.

Birinchi Prezidentimiz dafn qilingan Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasi yonida ulug`vor maqbara bunyod etildi. Bu yodgorlik yurtdoshlarimiz qadami uzilmaydigan muqaddas ziyoratgohga, yoshlar uchun katta tarbiya maskaniga aylandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kuni Samarqand shahriga ham tashrif buyurib, ushbu maqbarani ziyorat qildi. Qur`on tilovat qilindi.

Davlatimiz rahbari yodgorlik majmuasini saqlash, atrofini obodonlashtirish, ziyoratchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish zarurligini ta`kidladi.

Shundan so`ng Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida ehson oshi berildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi.

Samarqand Islom Karimov hayoti va faoliyatida alohida o`rin tutadi. Birinchi Prezidentimiz ushbu qadimiy shaharda tug`ilgan, uning har tomonlama rivojlanishiga katta e`tibor qaratgan. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan bu yerda qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. 2007 yilda YUNЕSKO shafeligida Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlangan. Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg`inoniy, Abu Mansur Moturidiy maqbaralari, Shohi Zinda yodgorligi, Ulug`bek rasadxonasi va boshqa tarixiy qadamjolar obod qilingan. O`nlab zamonaviy inshootlar, xiyobonlar, favvoralar barpo etilgan.

Keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning alohida e`tibori bilan bunyod etilgan Islom Karimov maqbarasi va haykali Samarqanddagi ana shu obod maskanlar qatoriga qutlug` qadamjo bo`lib qo`shildi.

Shu kuni Samarqand viloyati jamoatchiligi Registon maydoni yaqinida o`rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gullar qo`ydi.

Qarshi shahrida ham buyuk Yo`lboshchimiz haykali poyi gullarga burkandi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida Birinchi Prezidentimiz tavallud kuniga bag`ishlangan madaniy-ma`rifiy tadbirlar, xotira kechalari o`tkazildi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo`ydi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi dekabr 2018

Bugun 2018 yilning dekabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Jahon e`tirof etgan alloma Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi keng nishonlanmoqda

Jahon e`tirof etgan alloma Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi keng nishonlanmoqda...

Mashhur yangiliklar