Yangilangan sana: 2019-01-18 Ko`rilgan: 443

Asaxiy internet do`koni haqidagi gap-so`zlar asoslimi?

O`zbekiston matbuot va axborot agentligida Asaxiy internet do`koni ishtirokchilari hamkorligida "Asaxiy books" loyihasi doirasida sotuvga chiqarilgan kitoblar taqdimoti bo`lib o`tdi.

Asaxiy internet do`koni 2013 yildan buyon elektron texnika va maishiy jihozlar sotish bilan shug`ullanadi.

Hozirgi kunda aholining ko`p qismi, xususan yoshlarning internetdan ko`p va tez-tez foydalanishi internetda kitob savdosini tashkil etish talabini ham oshirdi. Mazkur internet do`kon yurituvchilari ham ayni shuni anglagan holda maishiy texnikalardan tashqari nashriyotlar bilan kelishgan holda kitob savdosini ham tashkil etdi.

Bugungi kunda kitob o`qilmayapti, degan gap o`z tasdig`ini topmayapti. Keng fikrlar maydoniga aylangan ijtimoiy tarmoqlarda agar kimdir biror kitob haqida o`z fikrini bildirsa, unga qiziquvchilar, uning ingliz, rus, o`zbek tilidagi nusxasini so`raydiganlar talaygina.

Shu bois ham "Asaxiy books" loyihasi tashkil etildi. Loyiha internet orqali kitob sotish, jahon bozoridagi sara asarlarni tarjima qilish, elektron va audio kitoblar sotuvini yo`lga qo`yish bosqichlarida amalga oshiriladi. Hozirda ikkita bosqich faoliyat yuritib turibdi. Jorj Oruellning "1984" va Den Braunning "Raqamli qal`a" romanlari tarjima qilindi, chop etildi va kitobxonlarga taqdim etildi.

– Ushbu loyihani hayotga tatbiq etishdan oldin jahon kitob savdosi, xususan Fransiyada qanday yo`lga qo`yilganini chuqur o`rgandik, – deydi loyiha mas`uli Firuz Allayev. – Talab qanday? Kitobxonga nima kerak? Degan savollarga javob izladik. Tarjimonlar, muharrirlarni jalb etdik. Aslida nashriyotlarda chiqqan kitoblarni kitobxonga taqdim etamiz. Lekin o`z loyihamiz doirasida o`zimiz ham kitobni tanlab, kerak bo`lsa tarjima qildirib, nashr ettirib savdoga chiqara boshladik. Yurtimizdagi o`quvchilar uchun qiziq, ijtimoiy ahamiyati yuksak bo`lgan adabiyotlarni tanlashga e`tibor qaratyapmiz. O`zbekistonda internet orqali kitob savdosini yo`lga qo`yish asosiy maqsadimizdir.

Mazkur internet do`koni yurtimizning barcha hududlariga elektron to`lov tizimi orqali puli to`langan kitobni yetkazib beradi. Chekka-chekka hududlarga ham yuborilyapti. Ayni vaqtda viloyat markazlariga buyurtma qilingan kitoblar 2-3 ish kunida, chekka qishloqlarga 5-7 ish kunigacha bo`lgan davrda yetkazib berilyapti.

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo`lgan Den Braunning "Raqamli qal`a" romani tarjima qilingan. Tarmoq foydalanuvchilari O`zbekiston Respublikasining "Bolalarni ularning sog`lig`iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to`g`risida"gi qonuniga muvofiq kitobni o`qiydigan kitobxonning yoshi ko`rsatilmaganini tanqid qilgan.

Shu masala yuzasidan ham loyiha faollari o`z fikr-mulohazalarini bildirdi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Asaxiy internet do`koni 2013 yildan buyon elektron texnika va maishiy jihozlar sotish bilan shug`ullanadi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi dekabr 2018

Bugun 2018 yilning dekabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar