Yangilangan sana: 2018-12-30 Ko`rilgan: 282

200 dan ortiq rangtasvir asarlari namoyish qilinmoqda

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko`rgazmalar zalida anʼanaviy "Tabiat va rassom" ko`rgazmasi ochildi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ma`naviyat targ`ibotchilari, ijodkorlar, taniqli rassomlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Manzara - rassomlar ijodida muhim janrlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda romantik ruhiyat kasb etadigan asarlari bilan ajralib turadigan rassomlar guruhi - Anvar Mirsagatov, Yanis Salpinkidi, Sersenbay Boybasinov, Yevgeniy Gadeskiy, Valeriy Yenin, Dilorom Mamedova va yosh avlod vakillari manzara janrida ijod qilmoqda. Mazkur an`anaviy ko`rgazmada yurtimizning manzara san`ati ustalarining 200 dan ortiq rangtasvir asarlari namoyish qilinmoqda.

Shuningdek, ko`rgazmada yil davomida Badiiy akademiya faoliyatini yoritishda, rivojlantirishda hamda qo`llab-quvvatlashda yaqindan yordam bergan davlat idoralari vakillari, jurnalist, ijodkorlarga sertifikat va esdalik sovg`alar topshirildi.

Ko`rgazma 2019 yilning 15 yanvarigacha davom etadi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ma`naviyat targ`ibotchilari, ijodkorlar, taniqli rassomlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi noyabr 2018

Bugun 2018 yilning noyabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

O`zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Mana shu hayajonli, fayzli damlarda jonajon O`zbekistonimizga 2019-yil kirib kelmoqda

Mashhur yangiliklar