Yangilangan sana: 2018-12-14 Ko`rilgan: 137

Bugungi jurnalistlar kasb mas`uliyatini his qilyaptimi?

Xo`sh, ayni jarayonni ommaviy axborot vositalari qanday yoritmoqda?

Milliy matbuot markazida O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda "Shijoat, professional mahorat, xolislik va chuqur tahliliy salohiyat - har qachongidan ham muhim" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ochiq muloqot tarzida o`tgan tadbir Prezidentimizning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida ilgari surilgan maqsad va vazifalarni ommaviy axborot vositalarida yoritishga bag`ishlandi.

Mamlakatimizda barcha sohalarda izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi yurtimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`tarishda, innovatsion va industrial rivojlanish sari odimlashda beqiyos o`rin egallamoqda. Xalq bilan doimiy muloqotda bo`lish, odamlar muammosini hal etish, ularni rozi qilishga alohida e`tibor qaratilayapti.

Xo`sh, ayni jarayonni ommaviy axborot vositalari qanday yoritmoqda? Islohotlar mohiyati, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar ijrosi bilan bog`liq muammolar, aholi murojaatlari nashrlarda qanday aks etmoqda?

Davlatimiz rahbari ma`ruzasida qayd etilganidek, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari g`oyat muhim o`rin tutadi. Ammo, islohotlar mohiyati, aholining munosabatini xolisona yoritishda kamchiliklar mavjud. Aslida ommaviy axborot vositalari xalq manfaatlarihimoyachisiga aylanishi lozim.

Tadbirda teleradiokanallar, gazeta-jurnallar, internet nashrlarning bu boradagi faoliyati keng tahlil qilindi, muammo va yechimlar xususida so`z yuritildi. Shuningdek, aholi murojaatlariga befarq bo`lmaslik, tahliliy materiallarni ko`paytirish, voqea-hodisalarga xolisina fikr bildirish, muammolar yechimini topishga urinish, ish sifatini oshirishga e`tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Tahririyatlarning ijodiy faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Xo`sh, ayni jarayonni ommaviy axborot vositalari qanday yoritmoqda?

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Prezident Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasi

Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon hayotning, do`stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi noyabr 2018

Bugun 2018 yilning noyabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar