Yangilangan sana: 2018-11-13 Ko`rilgan: 581

O`qituvchi nashriyoti xodimlari ilk bor Chiroqchi tumanida kitoblar taqdimotini o`tkazishdi

Shu yilning 10-11-noyabr kunlari "O`qituvchi" NMIU xodimlari Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida kitob taqdimotlarini o`tkazishdi.

Kitobxonlik kunlari davomida tuman yoshlari "O`qituvchi" NMIUda chiqarilayotgan o`zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari bilan tanishtirildi.

121 maktab

Tumandagi 121-maktab o`quvchi-yoshlariga nashriyot xodimlari tomonidan har bir kitob va muallif haqida ma`lumot berildi. Uchrashuvlar davomida "Eng ko`p kitob o`qigan o`quvchi" tanlovi o`tkazilib, g`oliblarga "O`qituvchi" nashriyotida chiqarilgan kitoblar sovg`a qilindi.

121 maktab

Shuningdek, kitobxonlarga 20 xildan ortiq kitoblar tarqatildi. Ular orasida Paulo Koeloning "Alkimyogar", Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz", O`tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar", "Dunyoning ishlari", Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi", "Oqshom quyoshi", Teodor Drayzerning "Amerika fojiasi" kabi kitoblar bor.

121 maktab

Chiroqchilik o`qituvchilar "O`qituvchi" nashriyoti xodimlariga chekka qishloqlarda ham tez-tez kitob taqdimotlarini uyushtirib turishlarini taklif qilishdi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Shu yilning 10-11-noyabr kunlari O`qituvchi NMIU xodimlari Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida kitob

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zMTRKning O`zbekiston telekanalida O`qituvchi NMIUda chop etilgan yangi nashrlar namoyish qilindi

"O`zbekiston" telekanalida namoyish etiladigan "Assalom, O`zbekiston!" ko`rsatuvining...

O`qituvchi NMIU Toshkent kanalida

"O`qituvchi" NMIU Toshkent kanalida...

Mashhur yangiliklar