Yangilangan sana: 2018-11-09 Ko`rilgan: 421

NASHRIYOT FAOLIYATIDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILADI

Bugungi kunda yurtimizda kitobxonlikni yanada ommalashtirish yuzasidan ko`plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan kitobxonlarning talablarini inobatga olgan holda sifatli va mukammal mahsulot ishlab chiqarishga bo`lgan amaliy harakatlarni ko`rishimiz mumkun. Kitob ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan texnikalar va ularning ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi xorijiy mamlakatlarning qator firma va dillerlari bilan amalga oshirilayotgan muzokaralar va imzolangan shartnomalar yuqoridagi fikrimizga misol bo`la oladi.

Jumladan, joriy yilning 5-noyabr kuni Shvetsariyaning kitob ishlab chiqarish texnikalar va ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi "Muller Martini" firmasining rossiyalik vakillari bilan "O`qituvchi" NMIUda uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida kitob va kitob mahsulotlari ishlab chiqarish texnik qurilmalari ko`zdan kechirildi. Ishlab chiqarishdagi tajribalar o`rganilib, kitob muqovalash va ularni chop etish qurilmalarini modernizatsiya qilish uchun ehtiyot qismlar va yangi texnologiyalar yetkazib berish yuzasidan muzokaralar o`tkazildi.

Uchrashuv so`nggida mazkur kompaniya vakillari bilan kelgusidagi rejalar va hamkorlik qilish masalalari ko`rib chiqildi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Bugungi kunda yurtimizda kitobxonlikni yanada ommalashtirish yuzasidan ko`plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Ernest Xemingueyning Chol va dengiz asari nashrdan chiqarildi

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyida o`zining chuqur falsafiy...

O`zMTRKning O`zbekiston telekanalida O`qituvchi NMIUda chop etilgan yangi nashrlar namoyish qilindi

"O`zbekiston" telekanalida namoyish etiladigan "Assalom, O`zbekiston!" ko`rsatuvining...

Mashhur yangiliklar