Yangilangan sana: 2018-10-19 Ko`rilgan: 377

Frankfurter buchmesse

Joriy yilning oktabr oyida Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida "Frankfurter Buchmesse" xalqaro kitob ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmada O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi bir qator nashriyot-matbaa ijodiy uylari ishtirok etdi. Xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasida "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi o`zining 26 nomdagi 40dan ortiq sara adabiyot namunalari bilan qatnashdi. Ular orasida muallif-tarjimon Xurram Rahimovning nemis tilida nashr qilingan "Olovdan chiqqan qiz" nomli kitobi Germaniyaning ko`pgina nashriyot xodimlarida qiziqish uyg`otdi.

Tadbir davomida o`zbek adabiyotlarini nemis tiliga va noshirlik huquqi mavjud chet el adabiyotlarini o`zbek tiliga tarjima qilish borasida Germaniya Federativ Respublikasining "Novum Verlag" "Argument Verlag + ariadne" "Wagenbach" "Alexander Verlag Berlin" nashriyotlari bilan muzokaralar o`tkazildi. Shuningdek, yarmarka doirasida dunyo noshirlarining ilg`or tajribalarini o`rganish bilan bir qatorda, innovatsion kitoblar tayyorlash, shuningdek, nashrga tayyorlanayotgan kitoblarni xalqaro talab va standartlar darajasiga ko`tarish hamda texnologiyalarni korxonamizga olib kelish maqsadida "Heidelberg" hamda "Martina Muller" matbaa uskunalari ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurib, o`zaro tajribalar almashildi. Nashriyot tomonidan 2019-2020-yillarda "Heidelberg Speedmaster-106" rusumdagi chop etish uskunasini xarid qilish ko`zda tutilgan.

Bundan tashqari, ko`rgazma davomida badiiy, ilmiy, o`smirlar va bolalar adabiyotlarini badiiy bezatish hamda mualliflar, rassomlar bilan hamkorlik ishi va mualliflik shartnomalari tuzish tajribalari o`rganildi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Frankfurter buchmesseda o`rganilgan tajribalar O`zbekiston nashriyotlariga tatbiq etiladi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Toshkent sizni sevadi

15-22-oktabr kunlari Toshkent shahrining Sayilgoh ko`chasida "Do`stlik" shiori ostida "Toshkent sizni sevadi" nomli kitoblar...

O`QITUVCHI NMIU PAXTA TERIMCHILARIGA O`ZBEK VA JAHON KLASSIKLARINING KITOBLARINI SOVG`A QILDI

2018-yil paxta hosilini yig`ib-terib olish jarayonida terimchilar, xususan, hasharchilarni har tomonlama...

Mashhur yangiliklar

2014-02-18 Modernizatsiya

2014-07-12 Sport marafoni