Yangilangan sana: 2018-10-18 Ko`rilgan: 108

Toshkent sizni sevadi

15-22-oktabr kunlari Toshkent shahrining Sayilgoh ko`chasida "Do`stlik" shiori ostida "Toshkent sizni sevadi" nomli kitoblar yarmarkasi bo`lib o`tmoqda. Mazkur festival O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o`rtasidagi hududlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o`tkazilmoqda.

Festivalda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi bir qancha nashriyot-matbaa ijodiy uylari o`zlarining ko`pgina kitoblari bilan qatnashmoqda. Kitoblar yarmarkasida yetakchi nashriyotlardan hisoblangan "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ham o`zining 120 nomdagi turli adabiyot namunalari bilan ishtirok etmoqda. Yarmarka davomida nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan shu yil nashrga tayyorlanib, chop etilgan "Yulduzli tunlar", "Choliqushi", "Alkimyogar", "Dunyodagi eng baxtli odam", "Amerika fojiasi", "Spitamen", "Navoiy suhbatlari", "Shaytanat" kabi kitoblar taqdim etildi.

Ma`lumot uchun mazkur ko`rgazma 22-oktyabrga qadar davom etadi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Toshkent sizni sevadi nomli kitoblar yarmarkasi tashkil etildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`TKIR HOSHIMOVNING HAJVIY HIKOYALAR TO`PLAMI NASHRDAN CHIQDI

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi qator asarlari bilan...

Frankfurter buchmesse

Joriy yilning oktabr oyida Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida "Frankfurter Buchmesse" xalqaro kitob...

Mashhur yangiliklar

2013-04-05 Oqsaroyda qabul

2017-02-24 Sadoqatli do`st

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте