Yangilangan sana: 2018-10-16 Ko`rilgan: 375

O`TKIR HOSHIMOVNING ENG SARA ASARLARI QAYTA CHOP ETILDI

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan adabiyot muxlislariga atoqli adib O`tkir Hoshimovning bir qator asarlari nashr etildi. Bular orasida "Bahor qaytmaydi", "Nur borki soya bor", "Ikki eshik orasi", "Dunyoning ishlari", "Tushda kechgan umrlar", "Hajviy hikoyalar", "Ikki karra ikki besh", "Sevgi qissalari" kabi millionlab o`quvchilar mehrini qozongan asarlarni uchratish mumkin.

Kitob Sevgi qissalari muallif O`tkir Hoshimov

Aytish kerakki, O`tkir Hoshimov o`z asarlaridagi qahramonlarni jonli, hayotiy qilib tasvirlaydi. Insoniy iztiroblarni, uning ruhiy holatini, atrofga munosabatini, ichki kechinmalarini to`g`ri anglab, o`quvchiga mahorat bilan yetkaza oladi.

Uning barcha hikoya, qissa va romanlari kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilib kelinadi. Yangi nashrdan chiqqan mazkur kitoblar adabiyot ixlosmandlari uchun munosib sovg`a bo`lishi shubhasiz.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Aytish kerakki, O`tkir Hoshimov o`z asarlaridagi qahramonlarni jonli, hayotiy qilib tasvirlaydi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

SHAYTANAT YANGICHA KO`RINISHDA NASHR ETILDI

Jamiyatning barcha davrlarda mavjud bo`lgan qusurlaridan biri, siz-u bizga yondosh olam...

O`TKIR HOSHIMOVNING HAJVIY HIKOYALAR TO`PLAMI NASHRDAN CHIQDI

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi qator asarlari bilan...

Mashhur yangiliklar