Yangilangan sana: 2018-10-15 Ko`rilgan: 405

SHAYTANAT YANGICHA KO`RINISHDA NASHR ETILDI

Jamiyatning barcha davrlarda mavjud bo`lgan qusurlaridan biri, siz-u bizga yondosh olam - o`sha jinoyat olami. O`zbek xalq yozuvchisi Tohir Malik ana shu muammoning og`riqli nuqtalarini o`zining bir nechta asarlarida qalamga olgan. Yozuvchining "Shaytanat" asari o`zining o`tkir syujeti, g`oyasi, voqealar rivoji hamda qahramonlarning jonliligi bilan o`quvchini hamon mutolaaga chorlab kelmoqda. Turli davralarda muhokamaga sabab bo`lib, keskin tanqid toshlariga uchragan asar bugun ham qayta-qayta nashr etilmoqda.

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi "Shaytanat" muxlislari talabiga binoan, beshta qismni o`zida jamlagan ikki jildlik mashhur detektiv janrdagi asarni to`liq nashrdan chiqardi.

Nohaqlik, shafqatsizlik evaziga jinoyat olamidan taskin qidirgan qahramonlar hayoti, qing`ir yo`llar domiga tushgan insonlarning jon bilan tovon to`lashi, ayollarning or-nomusi, hayoti fojiali yakun topgan qahramonlarning barchasi ham badiiy to`qima emas. Bu voqealar kitobxonni fikrlashga, jamiyatdagi voqealarga loqayd bo`lmaslikka va to`g`ri xulosa chiqarishga undaydi. Shaytanat olamining qabihliklaridan uzoqlashishga majbur qiladi.

Kitob Shaytanat muallif O`tkir Hoshimov

"O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi bu safar asarni yangi ko`rinishda taqdim etishni lozim topdi. Shunga ko`ra "Shaytanat" romanining birinchi, ikkinchi va uchinchi kitoblari bir jildga, to`rtinchi va beshinchi kitoblari ikkinchi jildga jamlandi.

Birinchi jildga "Qasos", "Non bergan jon olmaydi", "Semirgan chumoli" nomli qismlar, ikkinchi jildga "Oqqush qo`shig`i", "Azozil do`koni" nomli qismlar kiritilgan. Kitoblar sifatli, yangicha ko`rinishda muqovalangan, asar voqealariga mos surat va illustratsiyalar bilan boyitilgan.

Shuningdek, "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyida yozuvchi Tohir Malikning bir qator asarlari, jumladan "Talvasa", "Xazonrezgi", "Kuyov bola, sizga aytar so`zim bor", "Iblis devori", "Yolg`on umidlar dashti" kabi kitoblari nashrga chiqarilmoqda.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Jamiyatning barcha davrlarda mavjud bo`lgan qusurlaridan biri, siz-u bizga yondosh olam

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi sentabr 2018

Bugun 2018 yilning sentabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

O`TKIR HOSHIMOVNING ENG SARA ASARLARI QAYTA CHOP ETILDI

Aytish kerakki, O`tkir Hoshimov o`z asarlaridagi qahramonlarni jonli, hayotiy qilib tasvirlaydi...

Mashhur yangiliklar