Yangilangan sana: 2010-05-12 Ko`rilgan: 1118

Ilg‘or o‘qituvchilar uchun grantlar

      Poytaxtimizdagi Milliy san’at markazida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” tomonidan ta’sis etilgan Pedagogik grantlar dasturi ijrosiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

      Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh avlodga jahon andozalari darajasida puxta bilim berish, ularni mustaqil fikrli barkamol shaxs etib tarbiyalash imkonini bermoqda. Ma’rifiy sohadagi ulkan o‘zgarishlarda pedagoglarni rag‘batlantirish, o‘qituvchilarning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, amaliyotga tatbiq etish uchun yaqindan ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

      “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan 2006 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Pedagogik grantlar dasturi ta’limning barcha bo‘g‘inidagi o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasb malakasini yuksaltirishga yo‘naltirilgandir. Dastur uchun o‘tkazilgan bu yilgi tanlovda mingdan ziyod o‘qituvchi fan va ta’limning turli yo‘nalishiga oid innovatsion g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etdi. Ulardan ellik nafar eng yaxshi g‘oya va ishlanmalarning mualliflari saralab olindi. G‘olib o‘qituvchilar uchun ajratilgan grantlar ochiq darslar o‘tkazish, ta’limning interfaol uslublaridan foydalanish, mashg‘ulotlarga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, izlanishlar olib borish, qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

      – Bugungi kunda o‘quvchiga puxta bilim berish barobarida ularning ma’naviyatini yuksaltirish dolzarb ahamiyatga ega, – deydi Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey o‘qituvchisi Mohira Yunusova. – Ushbu dastur doirasida o‘tgan tanlov uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi maskani o‘quvchilarining ma’naviyatini yuksaltirish, muloqot madaniyatini yanada oshirishga oid loyiha tayyorladim. Uni amaliyotga joriy etishda ma’naviyat saboqlari, o‘quv-trening mashg‘ulotlar, amaliy seminarlarni tashkil etishni rejalashtiryapman. Dastur g‘olibi bo‘lganim ma’rifiy loyihani o‘quv jarayoniga to‘la tatbiq etish imkonini beradi.

      Tadbirda dastur g‘oliblariga grantlar topshirildi. San’at ustalari va ijrochi yoshlarning konserti namoyish etildi.

(O'zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ilg‘or o‘qituvchilar uchun grantlar

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Ta’til mazmunli o‘tadi

      Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy bog‘ida Toshkent shahar hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan “Kuch – bilim va tafakkurda” mavzuida festival tashkil etildi.

Elektron kutubxona majmui ochildi

      O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshidagi Respublika axborot-kutubxona markazida Koreya Respublikasi granti asosida tashkil etilgan ilmiy-texnik adabiyotlar elektron kutubxona majmuining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Mashhur yangiliklar

2017-03-31 Seminar

2013-04-30 Quvnoq startlar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте