Yangilangan sana: 2018-10-12 Ko`rilgan: 454

Frankfurt Buchmesse xalqaro kitob ko`rgazmasida o`zbek xalq ertaklari namoyish qilindi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 10-14-oktabr kunlari Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida “Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda. Yetmish yildan buyon o`tkazib kelinadigan mazkur ko`rgazmada O`zbekiston Matbuot va axborot agentligining “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nemis tilida nashr qilingan “O`zbek xalq ertaklari” kitobi namoyish qilindi.

O`zbek xalqi azaldan bolajon xalq. Jahonning boshqa xalqlari kabi o`zbek millati ham o`z ertaklariga boy. O`zbek bolalar adabiyotidagi yorqin bo`yoqdorlik va sharqona donishmandlik g`arb yozuvchilarini doim ruhlantirib kelgan. Xurram Rahimov tarjimasidagi mazkur kitobda o`zbek millatining “Zumrad va Qimmat”, “Yoriltosh”, “Erkenja”, “Ur to`qmoq”, “No`xat polvon” kabi o`ttizdan ortiq sevimli ertaklari jamlangan. Ularda millatimizga xos vatanparvarlik, rahm-shafqat, zukkolik, mehmondo`stlik, rostgo`ylik, saxiylik kabi o`nlab fazilatlar ustuvordir.

Shu bilan bir qatorda, ko`rgazmada “O`qituvchi” NMIU tomonidan jahon adabiyoti durdonalari, jumladan, Daniel Defoning “Robinzon Kruzoning sarguzashtlari”, Teodor Drayzerning “Sarmoyador”, Feodor Dostoyevskiyning “Iblislar”, “Kambagʻallar”, Anton Chexovning “Bo`yinga osilgan Anna” kabi kitoblar namoyish qilinmoqda. Jahon adabiyoti namunalari bilan bir qatorda, nashriyot o`zbek adabiyotining zabardast yozuvchilari - Abdulla Qodiriy, Maxtumquli, O`tkir Hoshimov, Pirimqul Qodirov, Erkin Vohidovlarning ko`plab kitoblari bilan ishtirok etmoqda.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Frankfurt Buchmesse xalqaro kitob ko`rgazmasida o`zbek xalq ertaklari namoyish qilindi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbek adabiy fantastikasi asoschilari - Tohir Xobilov va Tohir Malik (Biz bilgan va bilmagan umr yo`li)

Bugun o`zbek adabiy fantastikasining asoschisi, ko`plab detektiv va diniy-ma`rifiy asarlar muallifi Tohir Malikning...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi sentabr 2018

Bugun 2018 yilning sentabr oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar