Yangilangan sana: 2018-09-28 Ko`rilgan: 536

USTOZLIK MAQOMI - OLIY SAODAT

"O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimlari o`z ustoz va murabbiylarini bayram bilan tabrikladilar.

Bir necha yildan beri, yurtimizda 1-oktabr - O`qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinadi. Sir emaski, jamiyatning buguni va kelajagi, yosh avlodning ma`naviy salohiyati ko`p jihatdan ustoz va murabbiylarga bog`liq. Yosh avlodni barkamol inson etib kamolga yetkazishga alohida e`tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan.

Бывшие сотрудники ИПТД Укитувчи - теперь на пенсии

O`qituvchi va murabbiylar kasbini e`zozlash, mehnatini munosib rag`batlantirish maqsadida 2018-yil 28-sentabr kuni "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimlari o`z ustoz va murabbiylarini tabriklab, bayram tadbirini o`tkazdi.

Вручение подарков бывшим сотрудникам ИПТД Укитувчи на день учителя

Tadbirda ko`p yillar davomida nashriyotda o`z faoliyatini olib borgan, o`z sohasida samarali mehnat qilgan, talaygina shogirdlarga bilim bergan, ularda kasbga muhabbat tuyg`usini uyg`ota olgan, yoshi ulug` ustoz va murabbiylar qatnashishdi. Tadbirni "O`qituvchi" NMIU direktori Sirojiddin Xusnutdinov o`z bayram tabriklari bilan ochib berdi.

Общение с бывшими сотрудниками ИПТД Укитувчи на день учителя

‒ So`nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan kitob mutolaasiga katta e`tibor qaratilayotganligi, kitobxonlik sohasidagi o`zgarishlar hamda sohamizga nisbatan hurmat yildan-yilga oshib borayotganligi bizni juda quvontirmoqda. Elga ziyo tarqatish kasbimizning oliy maqsadidir. Shuning uchun kasbimiz ham mashaqqatli, ham zavqli. Kasbimiz shijoatli yoshlar qo`liga o`tayotganidan juda xursandmiz. Bayramlarda hamkasblar bilan mana shunday davralarda diydor ko`rishish imkoniyatini bergan nashriyotning yosh xodimlaridan minnatdormiz, - deydi bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritgan Abdulla Xasanov.

Поздравление в зале ИПТД Укитувчи на день учителя

Xalqimizning ustoz otangdek ulug`, degan naqlida ham murabbiylarga bo`lgan samimiy ehtirom namoyon. Tadbir davomida shu dargohning fidoyilari bo`lgan ustozlarga bag`ishlab bayram dasturxoni yozildi. Ularga nashriyot tomonidan esdalik sovg`alar ulashildi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Bir necha yildan beri, yurtimizda 1-oktabr - O`qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinadi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

KONTRAFAKT MATBAA MAHSULOTLARIDAN EHTIYOT BO`LING!

2018-yil 27-sentabr kuni O`zbekiston Matbuot va axborot agentligida respublikamizda tarqalayotgan kontrafakt matbaa mahsulotlarini...

Tushda Kechgan Umrlar

"O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi sizlarga O`zbekiston xalq yozuvchisi, barchamizning sevimli adibimiz O`tkir Xoshimovning...

Mashhur yangiliklar