Yangilangan sana: 2018-09-27 Ko`rilgan: 451

KONTRAFAKT MATBAA MAHSULOTLARIDAN EHTIYOT BO`LING!

2018-yil 27-sentabr kuni O`zbekiston Matbuot va axborot agentligida respublikamizda tarqalayotgan kontrafakt matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarishning oldini olish maqsadida “Kontrafakt ‒ sog`lik, sifat va iqtisodiyot kushandasi” mavzusi ostida matbuot anjumani o`tkazildi.

Matbuot anjumanida noqonuniy ravishda ishlab chiqarilayotgan, belgilangan standartlarga to`g`ri kelmaydigan, normativ-huquqiy hujjatlardagi ko`rsatkichlarga javob bermaydigan mahsulotlar savdosiga qarshi kurashish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Matbuot anjumanini O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi direktori Laziz Tangriyev ochib berdi va bunday holatlarni oldini olish uchun nima qilish kerak, degan savolni o`rtaga tashladi. Tadbirda qatnashayotgan ko`pgina ishtirokchilar bunday holatlarni bartaraf etish uchun o`z takliflarini bildirishdi.

‒ Kontrafakt ‒ bu standart talablarini buzish, sifatni buzish, shuningdek, mahsulotni arzon ishlab chiqarib, asl mahsulot o`rnida sotish, ‒ deydi O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori o`rinbosari O`ktam Xamrayev. ‒ Bunday holatlarning keng tarqalib ketishi tufayli birgina matbaa korxonasi 50 millird zarar ko`rishi mumkin. Mazkur muammolarni hal etish maqsadida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi va “O`zstandart” agentligi kabi vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda 9 oy davomida 70 ga yaqin tadbirlar o`tkazildi.

Tadbir davomida iste`molchilarni noqonuniy va sifatsiz mahsulotlardan ogoh etish maqsadida tayyorlangan ijtimoiy rolik taqdim etildi. Ma`lumki, normativ-huquqiy hujjatlarda, bu kabi salbiy holatlarga nisbatan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Matbuot anjumanida noqonuniy matbaa mahsulotlarining tarqalishiga qarshi vakolatli davlat organlari bilan bir qatorda jamoatchilik vakillari ham jalb etilishi haqida so`z borib, mazkur muammo yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda targ`ibot-tashviqot masalalariga urg`u berish taklifi bildirildi.

(Video: youtube.com/watch?v=au8XmFiMS04, Foto: "API")

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

2018-yil 27-sentabr kuni O`zbekiston Matbuot va axborot agentligida respublikamizda tarqalayotgan kontrafakt matbaa mahsulotlarini

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`QITUVCHI NMIU NING 700GA YAQIN KITOBLARI O`Z EGALARINI TOPDI

Avval xabar berganimizdek, 25-26-sentabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida...

USTOZLIK MAQOMI - OLIY SAODAT

Bir necha yildan beri, yurtimizda 1-oktabr - O`qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinadi...

Mashhur yangiliklar