Yangilangan sana: 2018-09-26 Ko`rilgan: 347

O`QITUVCHI NMIU NING 700GA YAQIN KITOBLARI O`Z EGALARINI TOPDI

Avval xabar berganimizdek, 25-26-sentabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Sog`lom va ma`naviy yetuk avlod ‒ yurt kelajagi” shiori ostida “Bolalar kitobi” respublika festivali va kitoblar ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Mazkur festival O`zbekiston Respublikasi Prezendenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 13-sentabr kuni qabul qilingan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatni oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi qaroriga muvofiq o`tkazildi.

2 kun davom etgan ko`rgazmada “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ham o`zining 90 nomdagi 1200 ga yaqin adabiyot namunalari bilan ishtirok etdi. Tashrif buyurganlarga 40 nomdagi bolalar uchun mo`ljallangan hamda 50 ga yaqin badiiy adabiyot namunalari taqdim etildi. Ko`rgazmaga qo`yilgan kitoblardan 700 ga yaqini kitobxonlar tomonidan xarid qilindi.

Bolalar uchun mo`ljallangan qator adabiyotlar bilan bir qatorda, o`zbek va jahon adabiyoti namunalari, turli qo`llanmalar, lug`atlar va boshqa turdagi kitob mahsulotlarini taqdim etdi. Ko`rgazma ishtirokchilarida bolalar uchun chop etilgan “Азбука Вед”, “Грамотёнок”, “Внеклассное чтение зарубежная литературе”, nemis tilida nashr qilingan “Ўзбек халқ эртаклари” kabi kitoblar ko`proq qiziqish uyg`otdi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Avval xabar berganimizdek, 25-26-sentabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

BOLALAR KITOBI RESPUBLIKA FESTIVALI VA KITOBLAR KO`RGAZMASI BO`LIB O`TDI

Festival davomida tashrif buyurgan kitobxonlarga iste`dodli, yosh ijodkorlar tomonidan konsert dasturlari taqdim etildi...

KONTRAFAKT MATBAA MAHSULOTLARIDAN EHTIYOT BO`LING!

2018-yil 27-sentabr kuni O`zbekiston Matbuot va axborot agentligida respublikamizda tarqalayotgan kontrafakt matbaa mahsulotlarini...

Mashhur yangiliklar