Yangilangan sana: 2018-09-25 Ko`rilgan: 561

BOLALAR KITOBI RESPUBLIKA FESTIVALI VA KITOBLAR KO`RGAZMASI BO`LIB O`TDI

O`zbekiston Respublikasi Prezendenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 13-sentabr kuni qabul qilingan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatni oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi qaroriga muvofiq 25-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Bolalar kitobi” respublika festivali va kitoblar ko`rgazmasi bo`lib o`tdi.

Bolalar kitobi Respublika festivali va kitoblar ko`rgazmasi bo`lib o`tdi

Mazkur festival bolalarning kitob o`qishga bo`lgan qiziqishini oshirish, ularning kitobxonlik ko`nikmasini yanada yuksaltirish maqsadida, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Festivalda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi bir qancha nashriyotlar o`zlarining bolalar uchun mo`ljallangan ko`pgina kitoblari, shuningdek, jahon va o`zbek adabiyoti namunalarini taqdim etishdi. Ko`rgazmada yetakchi nashriyotlardan hisoblangan, “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ham o`zining ko`pgina sara adabiyot namunalari bilan ishtirok etdi.

Bolalar kitobi Respublika festivali va kitoblar ko`rgazmasi bo`lib o`tdi

Festivalning ochilish marosimida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o`rinbosari G`ayrat Majid, O`zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon, shoira Zulfiya Mo`minovalar so`zga chiqdi.

Festival davomida tashrif buyurgan kitobxonlarga iste`dodli, yosh ijodkorlar tomonidan konsert dasturlari taqdim etildi.

Ma`lumot uchun, mazkur ko`rgazma 2 kun davomida - 25-26-sentabr kunlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.

“BOLALAR KITOBI” KITOBLAR KO`RGAZMASIDA “O`QITUVCHI” NMIU 60GA YAQIN KITOBLARI BILAN QATNASHDI

O`zbekiston Respublikasi Prezendenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 13-sentabr kuni qabul qilingan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatni oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi qaroriga muvofiq 25-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Bolalar kitobi” respublika festivali va kitoblar ko`rgazmasi bo`lib o`tdi.

Mazkur ko`rgazmada O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi bir qancha nashriyotlar o`zlarining turli adabiyot namunalari bilan qatnashishdi. Yetakchi nashriyotlardan hisoblangan, “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ham o`zining 60 ga yaqin sara adabiyot namunalari bilan ishtirok etdi. Bolalar uchun mo`ljallangan qator adabiyotlar bilan bir qatorda, o`zbek va jahon adabiyoti namunalari, turli qo`llanmalar, lug`atlar va boshqa turdagi kitob mahsulotlarini taqdim etdi.

Taqdim qilingan kitoblar orasida yangi nashrdan chiqqan adabiyotlar, xuxusan, bolalar uchun “O`zbek xalq ertaklarш” (nemis tilida), “Uchar gilam”, quvnoq mevalar va raqamlar”, “Азбука Вед”, “Грамотёнок”, “Весёлые цифры” kabi kitoblar, shuningdek, o`zbek adabiyotidan O`. Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, “Hajviy hikoyalar”, E. Vohidovning “Inson”, M. Qoriyevning “Spitamen”, jahon adabiyotidan T. Drayzerning “Amerika fojeasi”, R.Guntekinning “Choliqushi”, P. Koeloning “Alkimyogar” kabi asarlar o`rin olgan.

Ma`lumot uchun, mazkur ko`rgazma 2 kun davomida ‒ 25-26-sentabr kunlari o`tkaziladi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Festival davomida tashrif buyurgan kitobxonlarga iste`dodli, yosh ijodkorlar tomonidan konsert dasturlari taqdim etildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Alkimyogar

Alkimyogar asari mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida...

O`QITUVCHI NMIU NING 700GA YAQIN KITOBLARI O`Z EGALARINI TOPDI

Avval xabar berganimizdek, 25-26-sentabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida...

Mashhur yangiliklar