Yangilangan sana: 2018-09-14 Ko`rilgan: 375

O`qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kitobxonlarga 150 ga yaqin turli kitoblarni taqdim etdi

Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirishga katta e`tibor qaratilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida"gi qaroriga muvofiq noshirlik va matbaa sohalarini yanada rivojlantirish maqsadida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.

Ko`p yillik noshirlik tajribasiga ega bo`lgan "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi kitobxonlar uchun o`zbek va jahon adabiyoti namunalari, bolalarga mo`ljallangan qator adabiyotlar, darsliklar, turli qo`llanmalar, lug`atlar va boshqa turdagi kitob mahsulotlarini chop etib kelmoqda.

2018-yil boshidan buyon 148 nomdagi turli adabiyotlarni chop etishga ulgurdi. Xususan, 30 dan ortiq o`zbek va 20 dan ziyod jahon adabiyoti badiiy asarlari, 30 ga yaqin darsliklar, 40 dan ziyod bolalar uchun mo`ljallangan kitoblar, shuningdek, 20 ga yaqin qo`llanmalar chiqarildi.

Nashriyot-matbaa ijodiy uyida badiiy adabiyotlarni rus va o`zbek tillarida, shuningdek, umumta`lim maktablari uchun fransuz va nemis tilidagi darsliklar ham chop qilib kelinmoqda.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirishga katta e`tibor qaratilmoqda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi o`z faoliyatini boshladi

Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi o`z faoliyatini boshladi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligining axborot xizmati...

Alkimyogar

Alkimyogar asari mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida...

Mashhur yangiliklar

2013-04-18 Oqsaroyda qabul