Yangilangan sana: 2018-09-06 Ko`rilgan: 421

Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi o`z faoliyatini boshladi

Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi o`z faoliyatini boshladi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligining axborot xizmati.

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 17-noyabrda "O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida" hamda 2018-yil 6-aprelda "Xalqaro maqom san`ati anjumanini o`tkazish to`g`risida"gi qaror qabul qilindi.

Mazkur anjuman joriy yilning 6-10-sentabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Unda qatnashish uchun 70 tadan ortiq mamlakatdan 300 ga yaqin ishtirokchi tanlab olingan.

Mazkur tanlovni yoritish uchun, unda 30 ta mamlakatdan 40 ga yaqin matbuot xodimlari, shuningdek, 100 ga yaqin mahalliy ommaviy axborot vositalari ishtirok etadi. Barcha jurnalistlarni tanlov tafsilotlari bilan batafsil tanishtirib borish, ularga axborot yetkazishda qulaylik yaratish maqsadida Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi tashkil qilindi.

Matbuot markazida "Россия 1" telekanali, Turkiyaning TPT telekompaniyasi vakillari, shuningdek, 20 dan ortiq mahalliy OAV jurnalistlari faoliyat olib bormoqda.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi o`z faoliyatini boshladi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligining axborot xizmati

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimlariga esdalik sovg`alar topshirildi

Yurtimiz bo`ylab "Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim!" shiori ostida eng aziz bayramimiz, mustaqilligimizning yigirma yetti yilligi keng nishonlanmoqda...

O`qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kitobxonlarga 150 ga yaqin turli kitoblarni taqdim etdi

Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirishga katta e`tibor qaratilmoqda...

Mashhur yangiliklar