Yangilangan sana: 2018-08-31 Ko`rilgan: 510

O`qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimlariga esdalik sovg`alar topshirildi

Yurtimiz bo`ylab "Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim!" shiori ostida eng aziz bayramimiz, mustaqilligimizning yigirma yetti yilligi keng nishonlanmoqda.

В актовом зале руководство поздравляет сотрудников

Shu munosabat bilan "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyida ham shu yilning 30-avgust sanasida bayram tadbiri o`tkazildi. Tadbirni innovatsion texnologiyalarni jalb etish va moddiy-texnik ta`minot masalalari bo`yicha direktor o`rinbosari Sirojiddin Xusnutdinov ochib berdi. U o`z so`zida nashriyotning bu yilgi erishilgan yutuqlari haqida gapirib, barcha xodimlarni bayram bilan tabrikladi.

Rahbariyat tomonidan nashriyotning faol xodimlarini rag`batlantirish maqsadida ularga faxriy yorliq va esdalik sovg`alar topshirildi. Tadbir so`ngida, taqdirlangan xodimlar so`zga chiqib, o`z hamkasblarini bayram bilan qutladilar.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz - Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz...

Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi o`z faoliyatini boshladi

Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi o`z faoliyatini boshladi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligining axborot xizmati...

Mashhur yangiliklar