Yangilangan sana: 2018-08-24 Ko`rilgan: 1036

Ta`limdagi islohotlarning yangi bosqichi

Bugun O`zbekiston ta`lim tizimida qanday yangiliklar amalga oshirilmoqda? O`qituvchilar nufuzini mustahkamlash borasidagi sa`y-harakatlar mazmun-mohiyati nimalardan iborat?

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida shu haqda so`z bordi. Unda xalq ta`limi vaziri Sh.Shermatov, vazir o`rinbosarlari, tizimdagi mas`ul xodimlar, ekspertlar ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan so`nggi ikki oy mobaynida xalq ta`limi tizimida sezilarli o`zgarishlar amalga oshirildi. Davlat rahbarining 2018 yil 14 avgustdagi "Yoshlarni ma`naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qaroriga muvofiq, pedagog kadrlar obro`sini oshirish, ularning moddiy-ma`naviy va ijtimoiy muhofazasini ta`minlash bo`yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur qaror o`qituvchilarning obro`sini oshirish, ularning daxlsizligini ta`minlash, ya`ni xizmat vazifalariga bevosita kirmaydigan har qanday ishlardan ozod etish va maoshini ko`tarish, shuningdek, qo`shimcha rag`batlantiruvchi choralarni ko`rishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Qarorga muvofiq, 2018 yil 1 sentyabrdan e`tiboran o`qituvchilar, ta`lim tizimi xodimlarining oylik maoshi oshirildi.

Xalq ta`limi vaziri Sh.Shermatovning ta`kidlashicha, 2019 yilning yanvar oyidan e`tiboran oliy toifali yuqori sinf oʻqituvchilarining oyligi 1 million 700 mingdan 2 million 500 ming so`mgacha belgilandi. Eng ko`p oylik boshlang`ich sinf o`qituvchilariga berilishi ko`zda tutilmoqda. Shu bilan birga, maktablarda psixologlarga ham ehtiyoj juda yuqori. Chunki maktab yoshidagi bola turli yo`llarga og`ib ketishi, jinoyatga qo`l urishi mumkin. Shu sababli psixologlarning maoshini ko`tarish ham asosiy vazifa sanaladi.

Tadbirda ta`lim tizimiga davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini joriy etish xususida so`z bordi. Ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatimizdagi 9 ming 628 maktabning 70 tasi xususiy hisoblanadi. Qayd etilganidek, ta`lim sohasiga tadbirkorlarni keng jalb etish, nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini yo`lga qo`yish yaxshi samara beradi. Bu tizimda sog`lom raqobatni shakllantirib, soha rivojiga xizmat qiladi.

Prezidentning 2018 yil 9 avgustdagi "O`zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qaroriga ko`ra, 150 ta umumta`lim maktabida majburiy maktab dasturi doirasida o`quvchilarga sinov tariqasida shaxmatni o`rgatish ko`zda tutilmoqda.

Joriy yilning 15 avgustida Vazirlar Mahkamasining "Davlat umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko`ra, 2018/2019 o`quv yilidan davlat umumta`lim muassasalari o`quvchilari uchun namunaviy maktab formasini ixtiyoriy ravishda, 2019/2020 o`quv yilidan boshlab esa majburiy ravishda joriy etiladi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Bugun O`zbekiston ta`lim tizimida qanday yangiliklar amalga oshirilmoqda?

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

320 nomdagi kitob taqdim etildi

Kitoblar taqdimotiga bag`ishlab o`tkazilgan marosimda Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda, O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev do`stlik...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz - Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz...

Mashhur yangiliklar

2013-04-18 Oqsaroyda qabul