Yangilangan sana: 2018-08-17 Ko`rilgan: 581

320 nomdagi kitob taqdim etildi

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasiga Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri boshchiligidagi delegatsiya tomonidan 320 nomdagi kitoblar tuhfa qilindi.

Kitoblar taqdimotiga bag`ishlab o`tkazilgan marosimda Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda, O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev do`stlik va qo`shnichilik ruhida barqaror rivojlanib borayotgan o`zbek-tojik munosabatlari mamlakatlarimiz o`rtasidagi madaniy almashinuvning mustahkamlanib borishiga xizmat qilishini ta`kidladi.

Mazkur tadbir o`zbek va tojik xalqlarining adabiy, musiqiy, madaniy hamda do`stona aloqalarini mustahkamlash maqsadida o`tkazilayotgan O`zbekistonda Tojikiston madaniyati va san`ati kunlari doirasida tashkil etildi.

Taqdimot doirasida O`zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan joy olgan Tojikiston adiblarining kitoblari ko`rgazmasi tashkil etildi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Kitoblar taqdimotiga bag`ishlab o`tkazilgan marosimda Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda, O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev do`stlik

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Prezidentimiz ijodkorlar uchun qurilayotgan uylar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Kamolon mahallasida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi, yozuvchi-shoirlar bilan muloqot qildi...

Ta`limdagi islohotlarning yangi bosqichi

Bugun O`zbekiston ta`lim tizimida qanday yangiliklar amalga oshirilmoqda?

Mashhur yangiliklar