Yangilangan sana: 2018-08-10 Ko`rilgan: 583

Prezidentimiz ijodkorlar uchun qurilayotgan uylar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Kamolon mahallasida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi, yozuvchi-shoirlar bilan muloqot qildi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 18-apreldagi "Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to`g`risida"gi qaroriga muvofiq, ushbu bog`ini xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning madaniy-ma`rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladigan har tomonlama go`zal va betakror maskanga aylantirish, ma`naviy hayotimizda o`chmas iz qoldirgan atoqli so`z san`atkorlarining tarixiy xotirasini abadiylashtirish maqsadida bog` hududida Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi barpo etilgan edi.

Ushbu xiyobon ro`parasida qurilayotgan mazkur uy-joylar yozuvchi va shoirlarga beriladi. Uyning birinchi qavatida maktabgacha ta`lim muassasasi va oilaviy poliklinika tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev qurib bitkazilgan xonadonlardan birini kirib ko`rdi. Oilalarning tinch-farovon yashashi, bolalarning barkamol bo`lib ulg`ayishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Davlatimiz rahbari uying birinchi qavatida joylashadigan bog`chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi.

Prezidentimiz maktabgacha ta`lim muassasalari uchun uslubiy qo`llamalar ishlab chiqishga alohida e`tibor qaratish, bu ishlarga tajribali ijodkorlarni ham jalb etish lozimligini qayd etdi.

Shu yerda Toshkent shahri tumanlarida zamonaviy turar joy majmualari, ishbilarmonlik markazlari, dam olish maskanlari va sayilgohlar qurish, jamoat transporti xizmatini yaxshilash bo`yicha loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga loyihalarni takomillashtirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Prezidentimiz Bo`zsuv kanali bo`ylab qurilgan so`lim sayilgohni ham ko`zdan kechirdi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Kamolon mahallasida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi, yozuvchi-shoirlar bilan muloqot qildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Tokzorlar ko`payib, uzumni qayta ishlash sanoati modernizatsiya qilinadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni uzum plantatsiyalarini ko`paytirish...

320 nomdagi kitob taqdim etildi

Kitoblar taqdimotiga bag`ishlab o`tkazilgan marosimda Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda, O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev do`stlik...

Mashhur yangiliklar