Yangilangan sana: 2018-08-03 Ko`rilgan: 510

Tokzorlar ko`payib, uzumni qayta ishlash sanoati modernizatsiya qilinadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni uzum plantatsiyalarini ko`paytirish, vinochilikni rivojlantirish, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilishni kengaytirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi.

Mamlakatimizda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida ular faoliyatining me`yoriy-huquqiy asoslari takomillashtirilib, tuzilmasi yangilanmoqda. Rahbarlarga zamon talablariga mos faoliyatni yo`lga qo`yish, investitsiyalar jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, eksport hajmini oshirish va jug`rofiyasini kengaytirish vazifalari yuklanmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28fevraldagi "Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qaroriga muvofiq, "O`zsharobsanoat" aksiyadorlik jamiyati ham qayta tashkil etilib, yangi tuzilmasi tasdiqlandi va rahbariyati yangilandi. Uzum plantatsiyalarini ko`paytirish va vinochilikni rivojlantirish bo`yicha qator vazifalar belgilandi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni uzum plantatsiyalarini ko`paytirish

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Samimiy minnatdorlik

Tavallud topgan kunim munosabati bilan chin dildan qutlab, o`zlarining samimiy tabriklari va ezgu tilaklarini...

Prezidentimiz ijodkorlar uchun qurilayotgan uylar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Kamolon mahallasida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi, yozuvchi-shoirlar bilan muloqot qildi...

Mashhur yangiliklar