Yangilangan sana: 2018-07-27 Ko`rilgan: 492

Samimiy minnatdorlik

Tavallud topgan kunim munosabati bilan chin dildan qutlab, o`zlarining samimiy tabriklari va ezgu tilaklarini yo`llagan davlat va hukumat boshliqlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, barcha vatandoshlarimga chuqur minnatdorlik izhor etaman.

Mening sha`nimga bildirilgan bu tabrik va tilaklarni, avvalo, O`zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi, mamlakatimizning dunyo miqyosida ortib borayotgan obro`-e`tibori va nufuzining yana bir yuksak e`tirofi sifatida qabul qilaman.

Fursatdan foydalanib, mehnatkash, mard va olijanob xalqimizga yana bir bor chin yurakdan o`zimning cheksiz mehrim va hurmatimni bildiraman.

Jonajon O`zbekistonimiz ravnaqi va ko`p millatli xalqimiz farovonligi yo`lida sadoqat bilan xizmat qilish uchun bundan buyon ham bor bilim va salohiyatim, kuch-g`ayratimni safarbar etaman.

Shavkat MIRZIYOYEV, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Tavallud topgan kunim munosabati bilan chin dildan qutlab, o`zlarining samimiy tabriklari va ezgu tilaklarini

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Dunyoda sanoqli, Markaziy Osiyoda yagona loyiha

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan metro qurilishi bilan tanishdi...

Tokzorlar ko`payib, uzumni qayta ishlash sanoati modernizatsiya qilinadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni uzum plantatsiyalarini ko`paytirish...

Mashhur yangiliklar