Yangilangan sana: 2018-07-20 Ko`rilgan: 514

Dunyoda sanoqli, Markaziy Osiyoda yagona loyiha

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan metro qurilishi bilan tanishdi.

Uzunligi 7,1 kilometr bo`lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi 2020 yilga qadar qurib, foydalanishga topshirilishi ko`zda tutilgan. Sergeli metro liniyasi hozirgacha Markaziy Osiyoda qo`llanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod etilmoqda. Mazkur liniya ko`priksimon tarzda quriladi, poyezdlar yer ustida harakatlanadi. Qiziqarli yana bir jihat, poyezdlar to`xtash maskani, ya`ni bekatlar 4 vagondan iborat metro poyezdiga mo`ljallab quriladi. Bekatlarda yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus lift va eskalatorlar o`rnatiladi.

Loyihaning umumiy qiymati 105 million dollarga teng. Loyiha doirasida 265 juft tayanch ustun va oraliq to`sinlar o`rnatish, 6 ta yo`lovchi bekatini va 6 ta tashqi elektr ta`minoti stansiyasini qurish ko`zda tutilgan. Metroning Sergeli yo`nalishi Chilonzor yo`nalishining "Olmazor" bekatidan boshlanib, "Yo`ldosh" dahasigacha bo`lgan hududdan o`tadi va bir kecha kunduzda 15 ming yo`lovchini tashish imkonini beradi.

Ayni paytda loyihaning 5 kilometr qismida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. 130 juft tayanch ustunlar o`rnatilgan. Ustunlar ustiga 60 ta oraliq to`sinlar qo`yilib, birlashtiruvchi balkalarni o`rnatish ishlari boshlangan. Asosiy qurilish ishlari loyihaning 3 va 6-kilometrlari oralig`ida amalga oshirilmoqda. Qolgan qurilish qismida uy-joy va noturar joy obyektlarini hamda tashqi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini boshqa hududlarga ko`chirish ishlari davom etayotir.

Qurilish ishlariga 70 dan ortiq texnika va mexanizmlar, 350 nafar malakali muhandis va ishchilar jalb qilingan. Joriy yil yakuniga qadar 6 kilometr masofada temir-beton konstruksiyalarni montaj qilish hamda 3 metro bekatini qurish ishlari tugallanishi belgilangan.

Davlatimiz rahbari bu yerga kelib, qurilishning borishini ko`zdan kechirdi. Metroni sifatli, qulay va xavfsiz qilib qurish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Shu yerda Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan 9 qavatli uylar loyihasi taqdimoti o`tkazildi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan metro qurilishi bilan tanishdi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Yosh tomoshabinlar uchun vatanparvarlik festivali

Poytaxtimizda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag`ishlab O`zbekiston qo`g`irchoq teatrlarining XI an`anaviy ko`rik-festivali boshlandi...

Samimiy minnatdorlik

Tavallud topgan kunim munosabati bilan chin dildan qutlab, o`zlarining samimiy tabriklari va ezgu tilaklarini...

Mashhur yangiliklar