Yangilangan sana: 2018-07-09 Ko`rilgan: 451

Yosh tomoshabinlar uchun vatanparvarlik festivali

Poytaxtimizda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag`ishlab O`zbekiston qo`g`irchoq teatrlarining XI an`anaviy ko`rik-festivali boshlandi.

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Teatr arboblari uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ijodiy jamoalar saralangan spektakllari bilan ishtirok etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov, Teatr arboblari uyushmasi raisi Yo.Ahmedov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan milliy madaniyatimizni yanada ravnaq toptirish borasida ko`rsatilayotgan e`tibor ijod ahlini katta mas`uliyat bilan faoliyat ko`rsatishga undayotganini ta`kidladi.

Ushbu ko`rik-festivalni tashkil etishdan ko`zlangan asosiy maqsad Vatanimiz mustaqilligini, milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi, yosh tomoshabinlar qalbida vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik tuyg`ularini kuchaytirishga xizmat qiluvchi sahna asarlari yaratishni targ`ib etishdan iborat. Tadbir badiiy jamoalarning o`zaro tajriba almashishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. (UzА)

 

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Poytaxtimizda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag`ishlab O`zbekiston qo`g`irchoq teatrlarining XI an`anaviy ko`rik-festivali boshlandi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Xitoy vakillari O`zbekistonda innovatsion sanoat parkini tashkil qilishni taklif etdi

Innovatsion rivojlanish vazirligiga Xitoyning Chansha shahridagi Xay-tek milliy sanoat rivojlanish zonasining bosh direktori o`rinbosari Chen Datsin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi...

Dunyoda sanoqli, Markaziy Osiyoda yagona loyiha

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan metro qurilishi bilan tanishdi...

Mashhur yangiliklar