Yangilangan sana: 2018-07-04 Ko`rilgan: 214

Xitoy vakillari O`zbekistonda innovatsion sanoat parkini tashkil qilishni taklif etdi

Innovatsion rivojlanish vazirligiga Xitoyning Chansha shahridagi Xay-tek milliy sanoat rivojlanish zonasining bosh direktori o`rinbosari Chen Datsin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati bizga xabar berdi.

Delegatsiyani qabul qilgan Innovatsiya vaziri Ibrohim Abdurahmonov esa “yurtimizda ilmli, o`z sohasini yaxshi biladigan mutaxassislar bisyor ekanini, ammo ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish bo`yicha tajriba yetarli emasligini” aytib, bu borada xitoylik investorlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini, ma`lum qildi.

Chen Datsin ta`kidlaganidek, aynan ilmiy-texnik taraqqiyot Xitoy va uning xalqi turmushini butkul o`zgartirgan. Mamlakat rivojlanib oyoqqa turishida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilinishining ahamiyati yuqori bo`lib, Xitoyning bugungi strategiyasi 2050 yilga kelib moliyaviy tavakkalchilikni kamaytirish, mamlakatda qashshoqlikka barham berish va ekologik muammolarni yechishga qaratilgan.

Uchrashuvda shuningdek, Innovatsion taraqqiyot yo`lida boshqa mamlakatlar tomonidan qilingan xatolarni takrorlamaslik, O`zbekistondagi mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda xorij tajribasidan foydalanish zarurligini ta`kidlandi. Do`stona ruhda o`tgan muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikka oid yo`l xaritasini tuzishga kelishib olishdi.

Ma`lumot uchun: Janubiy Xitoyning yirik ma`muriy-sanoat markazi bo`lmish Chansha mamlakatning eng rivojlangan 20 ta shahridan biri sanaladi. Xay-tek milliy sanoat rivojlanish zonasi hukumat tomonidan tashkil etilib, davlat tasarrufida faoliyat yuritsa-da, 25 mingga yaqin xususiy kompaniyalarni o`zida birlashtiradi. Bu kompaniyalarning xorijda 22 ta uyushmalari vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Innovatsion rivojlanish vazirligiga Xitoyning Chansha shahridagi Xay-tek milliy sanoat rivojlanish zonasining bosh direktori o`rinbosari Chen Datsin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Jurnalistlar uchun kutilgan va kutilmagan voqea

O`zbek milliy akademik drama teatrida 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali marosim bo`lib o`tdi...

Yosh tomoshabinlar uchun vatanparvarlik festivali

Poytaxtimizda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag`ishlab O`zbekiston qo`g`irchoq teatrlarining XI an`anaviy ko`rik-festivali boshlandi...

Mashhur yangiliklar

2017-02-24 Sadoqatli do`st

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте