Yangilangan sana: 2018-06-19 Ko`rilgan: 87

O`zbekiston - Ispaniya biznes-forumi boshlandi

Toshkent shahridagi “Wyndham” mehmonxonasida O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi va Ispaniya investitsiya va eksport agentligi (ICEX) tomonidan “Ko`p tomonlama hamkorlik” mavzuida O`zbekiston - Ispaniya biznes-forumi o`tkazilmoqda.

Tadbirda Ispaniya Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ignasio Ibanyesa, O`zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Ispaniya investitsiya va eksport agentligi - ICEX bosh direktori Fransisko Xaviyer Serra, O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi raisi birinchi o`rinbosari Laziz Qudratov so`zga chiqdi.

Ta`kidlanganidek, mazkur forumdan maqsad O`zbekiston bilan Ispaniya o`rtasida energetika, transport infratuzilmalari, shahar suv ta`minoti va sanitariya tizimlari, qattiq chiqindilarni boshqarish, qurilish, oziq-ovqat sanoati va injiniring xo`jaligi kabi sohalarda ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, ispaniyalik tadbirkorlar uchun interfaol platforma yaratishdir. Mazkur platformada tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishga oid takliflarni muhokama etadi.

O`zbekiston - Ispaniya biznes-forumi birinchi marta o`tkazilayotgani yo`q. Toshkent shu kabi tadbirlarga bir necha bor mezbonlik qilgan. Xo`sh, bu galgi biznes-forum qaysi jihatlari bilan oldingilardan farq qiladi?

Ikki mamlakat ishtirokidagi ushbu biznes-forumda Ispaniyaning 20 ga yaqin kompaniyasi ishtirok etmoqda. O`zbekiston bozorida munosib joy egallashni ko`zlagan Ispaniya kompaniyalari soni yanada ko`paygan. E`tiborlisi, ular energetika, qishloq xo`jaligi, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash kabi sohalarda Yevropa miqyosida yetakchilar qatorida turadi. Yana bir jihat. “Ko`p tomonlama hamkorlik” forumining o`tkazilishi, yaqin kelajakda Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi ishtirokida rejalashtirilgan O`zbekiston Respublikasi bilan Ispaniya Qirolligi o`rtasida iqtisodiyot va sanoat sohasidagi hamkorlik bo`yicha qo`shma hukumatlararo komissiyasining birinchi majlisini tashkil etishga tayyorgarlik vazifasini ham o`taydi.

O`zbekiston - Ispaniya biznes-forumi davom etmoqda. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Tadbirda Ispaniya Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ignasio Ibanyesa

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Sizlarni, yurtimizdagi barcha mo`min-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi - muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman...

Jurnalistlar uchun kutilgan va kutilmagan voqea

O`zbek milliy akademik drama teatrida 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali marosim bo`lib o`tdi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте