Yangilangan sana: 2018-06-14 Ko`rilgan: 237

O`zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Qadrli va muhtaram vatandoshlar!

Sizlarni, yurtimizdagi barcha mo`min-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi - muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Bu qutlug` bayramda hammamiz avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.

Oila, mahalla va jamiyat ahliga mehr va e`tibor ko`rsatish, ko`makka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga beg`araz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlarni o`zida mujassam etgan bu bayramning ma`no-mazmuni bugungi kunda O`zbekistonda olib borilayotgan siyosatgag`oyat uyg`un va hamohang ekanini, o`ylaymanki, shu saodatli damlarda har birimiz chuqur his etmoqdamiz.

Ayni vaqtda muqaddas islom dinining ana shunday buyuk insonparvarlik tamoyillarini asrash, targ`ib etish hozirgi shiddatli zamonda o`ta dolzarb vazifaga aylanib borayotganini barchamiz yaxshi tushunamiz. Mamlakatimizda keyingi paytda bu borada ko`p ishlar qilinayotgani sizlarga yaxshi ma`lum, albatta. Jumladan, ulug` allomalarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy markazlar, Islom sivilizatsiyasi markazi, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilgani shu yo`ldagi ulkan qadamlar bo`ldi.

Bugungi kunda butun insoniyat hayotiga tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi jaholatga qarshi - ma`rifat asosida kurashish, dinimiz pokligini saqlash bo`yicha mamlakatimiz tomonidan nufuzli xalqaro minbarlardan qator amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida “Ma`rifat va diniy bag`rikenglik” degan nom bilan maxsus rezolyutsiya qabul qilish haqida bildirgan taklifimiz jahon miqyosida keng qo`llab-quvvatlanmoqda.

Shu ulug` ayyom kunlarida uzoq va yaqin musulmon mamlakatlarning xalqlarini, barcha do`stlarimizni samimiy qutlab, ularga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilashdan behad mamnunmiz.

Muhtaram yurtdoshlar!

O`zbekistonimiz yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo`yib, barcha sohalarda o`zgarish va yangilanishlar kuchayib borayotgani, Ramazon hayiti munosabati bilan yurtimizda uch kunlik dam olish e`lon qilingani bu yilgi bayramga alohida fayz va tarovat bag`ishlamoqda.

Tabarruk ayyom arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan bir guruh shaxslarni afv etish to`g`risida farmon qabul qilingani xalqimizga xos kechirimlilik, bag`rikenglik va mehr-shafqat fazilatlarining yana bir yaqqol namoyoni bo`ldi.

Hech shubhasiz, bu huquqiy hujjat jamiyatimizda inson huquq va manfaatlarini ta`minlash, sog`lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, bilib-bilmay noto`g`ri yo`lga kirgan insonlarni kechirish, ularni oilasi bag`riga, to`laqonli hayotga qaytarishga qaratilgan keng ko`lamli ishlarimizning uzviy davomidir.

Albatta, biz o`z diniy qadriyatlarimizni ulug`lab, e`zozlab yashar ekanmiz, hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mustahkam iymon-e`tiqod bilan birga zamonaviy ilm-fan, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni chuqur o`zlashtirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barqaror taraqqiyotga erishishning eng muhim sharti ekanini yaxshi tushunamiz.

Muborak hadislarda aytilganidek, ikki dunyo saodatini o`ylab yashagan inson, xalq hech qachon kam bo`lmaydi.

Barchangizni muqaddas Ramazon hayiti bilan yana bir bor tabriklayman.

El-yurtimizning shu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo`lsin!

Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo`lsin!

Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O`zi madadkor bo`lsin!

Shavkat Mirziyoyev, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Sizlarni, yurtimizdagi barcha mo`min-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi - muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Rahbar bo`lsang, kitob o`qi!

Rahbar bo`lsang, kitob o`qi!

O`zbekiston - Ispaniya biznes-forumi boshlandi

Tadbirda Ispaniya Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ignasio Ibanyesa...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте