Yangilangan sana: 2018-06-07 Ko`rilgan: 348

Rahbar bo`lsang, kitob o`qi!

O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi tashkilotlar rahbar-xodimlarining har oyda kamida bittadan badiiy asar o`qishi lozimligi belgilab qo`yildi.

“Rahbar bo`lsang, kitob o`qi!” ma`naviy-ma`rifiy tashabbusiga asosan tizim bo`yicha har oyning oxirgi shanba kuni “Mutolaa hisoboti” kuni etib belgilandi. Unga ko`ra, Agentlik markaziy apparati, tizimdagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, Qoraqalpog`iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, Toshkent shahar va viloyatlar matbuot va axborot boshqarmalari rahbar-xodimlari o`sha kuni o`zi ishlayotgan idoraning rasmiy veb-saytida o`qigan kitobi haqida yozgan taassurotlarini e`lon qiladi… (Manbaa: O`zA)

Yuqoridagi ma`naviy-marifiy tashabbusga asosan O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi rahbar-xodimlari o`z hisobotlarini nashriyot-matbaa ijodiy uyi matbuot xizmatiga topshirdilar. Quyida rahbar-xodimlar va ular mutolaa qilgan kitoblar ro`yhati ilova qilinadi:

I.F.O

Lavozimi

Kitob nomi

Xudayqulov Rustam Sulaymonovich

“O`qituvchi” NMIU direktori

“Alkimyogar”

Paulo Koelyo

Fozilov Farhod Shahobiddinovich

Ishlab chiqarish bo`yicha direktorning birinchi o`rinbosari

“Qalbingga quloq sol”

O’tkir Hoshimov

Xusnutdinov Sirojiddin Shamshiddinovich

Innovatsion texnologiyalarni jalb etish va moddiy texnik ta`minot masalalalri bo`yicha direktor o`rinbosari

“Iblislar” (I jild)

Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy

Ikromov Vohid G`aniyevich

Iqtisod va marketing masalalari bo`yicha direktor o`rinbosari 

“O`tkan kunlar”

Abdulla Qodiriy

Bozorov G`ayrat Nazarovich

Nashriyot va marketing masalalari bo`yicha direktor o`rinbosari

 “Drabllar” Tarjimalar to`plami

Agzamova Pokiza Baqoyevna

Bosh muharrir

“Choliqushi”

Rashod Nuri Guntekin

Odilov Shuhrat Mirvosilovich

Bosh rassom

“Oltin buzoqcha” (Золотой телёнок)

Ilya Ilf va Yevgeniy Petrov

Xodjamuratova Guljaxon Yuldashovna

Rejalasjtirish va mehnatni tashkil etish bo`limi boshlig`i

“Chingizxon” (II tom)

Vasiliy Yan

Hamidova Nodira Abdulhaqovna

Sifat nazorati bo`limi boshlig`i

“Bahor qaytmaydi”

O’tkir Hoshimov

Botirov Nurbek Yuldashevich

Bosh muhandis

“Mehrobdan chayon”

Abdulla Qodiriy

Djusipbayev Jarqinbek Kurvanbayevich

Ishlab chiqarish bo`limi boshlig`i vazifasini bajaruvchi

“Kambag`allar”

Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy

Matkasimov Gayrat Gulamjanovich

Tashqi iqtisodiy aloqalar va ta`minot bo`limi boshlig`i

“Shum bola”

G`afur G`ulom

Djusipbayev Jarqinbek Kurvanbayevich “Kambag`allar” asari haqida

F.M. Dostoevskiy inson ruhiyatini yorituvchi salmoqli asarlari bilan jahon adiblari ro`yxatidan o`rin oldi. Uning imuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi barcha asarlari allaqachon haqiqiy kitobxonlar javoniga terib bo`lingan. Dostoevskiy ma`lum bir millat hayotini, turmush tarzini yoritar ekan, zamirida barcha xalqlarga birdek xos bo`lgan ma`naviy xususiyatlarni - mehr-muhabbat, sadoqat, elparvarlik, mehnatsevarlikni yuksaklarga ko`taradi. Adibning "Kambag`allar" romani ham ana shunday tuyg`u va xislatlarni ulug`lovchi asarlardan biridir.

Bozorov G`ayrat Nazarovich “Drabbllar” kitobi haqida

Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o`tirgan edi. Eshik taqqillab qoldi…

Frederik Braunning “Yolg`izlik” nomli drabbli. “Drabble” - ingliz tilidan tarjima qilinganda “parcha”, “bo`lak” degan ma`nolarni anglatadi. Jahon adabiyotida 1980-yillarda asos solingan hikoyanavislikning ushbu janri o`sha paytlarning o`zidayoq butun jahon miqyosida keng ommalashdi. Drabllarga qo`yilgan asosiy talab, u tugallangan ma`no-mazmunga ega bo`lishi va 100 ta so`zdan oshmasligi kerak. Ushbu kitobda jahon adabiyotining eng sara drabbllari, ya`ni dunyoning eng kichik hikoyalari jamlangan.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Rahbar bo`lsang, kitob o`qi!

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Respublika Kitob bayrami bo`lib o`tdi

Joriy yilning 24-25 may kunlari Toshkent shahridagi Saylgoh ko`chasida Respublika Kitob bayrami bo`lib o`tdi...

O`zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Sizlarni, yurtimizdagi barcha mo`min-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi - muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman...

Mashhur yangiliklar

2014-02-18 Modernizatsiya

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте