Yangilangan sana: 2018-05-04 Ko`rilgan: 349

Rahbar bo`lsang, kitob o`qi!

O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi tashkilotlar rahbar-xodimlarining har oyda kamida bittadan badiiy asar o`qishi lozimligi belgilab qo`yildi.

Rahbar bo`lsang, kitob o`qi!” ma`naviy-ma`rifiy tashabbusiga asosan tizim bo`yicha har oyning oxirgi shanba kuni “Mutolaa hisoboti” kuni etib belgilandi. Unga ko`ra, Agentlik markaziy apparati, tizimdagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, Qoraqalpog`iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, Toshkent shahar va viloyatlar matbuot va axborot boshqarmalari rahbar-xodimlari o`sha kuni o`zi ishlayotgan idoraning rasmiy veb-saytida o`qigan kitobi haqida yozgan taassurotlarini e`lon qiladi… (Manbaa: O`zA)

Yuqoridagi ma`naviy-marifiy tashabbusga asosan O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi rahbar-xodimlari o`z hisobotlarini nashriyot-matbaa ijodiy uyi matbuot xizmatiga topshirdilar. Quyida rahbar-xodimlar va ular mutolaa qilgan kitoblar ro`yhati ilova qilinadi:

I.F.O

Lavozimi

Kitob nomi

1

Xudayqulov Rustam Sulaymonovich

“O`qituvchi” NMIU direktori

“Sarmoyador”

Teodor Drayzer

2

Fozilov Farhod Shahobiddinovich

Ishlab chiqarish bo`yicha direktorning birinchi o`rinbosari

“Mehrobdan chayon”

Abdulla Qodiriy

3

Xusnutdinov Sirojiddin Shamshiddinovich

Innovatsion texnologiyalarni jalb etish va moddiy texnik ta’minot masalalalri bo’yicha direktor o’rinbosari

“Ikki karra ikki - besh”

O’tkir Hoshimov

4

Ikromov Vohid G`aniyevich

Iqtisod va marketing masalalari bo`yicha direktor o`rinbosari 

“O’tkan kunlar”

Abdulla Qodiriy

5

 

Odilov Mirakbar Mirkomil o`g`li

Nashriyot va marketing masalalari bo`yicha direktor o`rinbosari 

“Alkimyogar” Paulo Koelyo

“Choliqushi” Rashod Nuri Guntekin

“Drabllar” Tarjimalar to’plami

6

Agzamova Pokiza Baqoyevna

Bosh muharrir

“Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”

Abdurazzoq Samarqandiy

7

Odilov Shuhrat Mirvosilovich

Bosh rassom

“O’n ikki stul”

Ilya Ilf va Yevgeniy Petrov

8

Xodjamuratova Guljaxon Yuldashovna

Rejalasjtirish va mehnatni tashkil etish bo’limi boshlig’i

“Chingizxon” (I tom)

Vasiliy Yan

10

Bozorov G’ayrat Nazarovich

Marketing bo’limi boshlig’i

“Qobusnoma”

Kaykovus

 

Hamidova Nodira Abdulhaqovna

Sifat nazorati bo’limi boshlig’i

“Kambag’allar”

Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy

11

Botirov Nurbek Yuldashevich

Bosh muhandis

“Yosh Verterning iztiroblari”

Iogann Volfgang Gyote

12

Djusipbayev Jarqinbek Kurvanbayevich

Ishlab chiqarish bo`limi boshlig`i vazifasini bajaruvchi

“Sarmoyador”

Teodor Drayzer

13

Matkasimov Gayrat Gulamjanovich

Tashqi iqtisodiy aloqalar va ta’minot bo’limi boshlig’i

“Sevgi qissalari”

O’tkir Hoshimov

14

Arzikulova Dildora Baxtiyorovna

Matbuot xizmati

“Yulduzli tunlar”

Pirimqul Qodirov

Xudayqulov Rustam Sulaymonovich “Sarmoyador” asari haqida

Frenk Kopervud birjadagi savdolarda birinchi marta 14 yoshida ishtirok etadi va u keyinchalik moliya korchaloni sifatida butun mamlakatga dovrug` taratadi... Hayotiy voqeliklarga asoslangan (Prototip: Charlz Yerks 1837-1905) ajoyib asar! Iqtisod va moliya sohasida faoliyat yurituvchi kishilar bilan bir qatorda har qanday kitobxonga birdek manzur keladigan ijod na`munasi deb baholayman…

Fozilov Farhod Shahobiddinovich “Mehrobdan chayon” asari haqida

Ushbu asarda Abdulla Qodiriy yoshlikka xos beg`ubor qalb harorati va tuyg`ularning ardoqlanishini tasvirlaydi, yosh qalb sohiblarini mehnatsevar, el-yurt, vatan farzandlari bo`lishga chaqiradi va yoshlik tashvishlari, orzu-intilishlarini ifoda etishni o`z oldiga maqdsad qilib qo`yadi. Anvar va Ra`noning sof muhabbati va ikki yoshning jasorati haqidagi yuksak asarni o`qish har bir davrda ham maroqli…

Xusnutdinov Sirojiddin Shamshiddinovich “Ikki karra ikki - besh” asari haqida

Kitobni mutolaa qilish asnosida ko`nglingiz yayrab, kayfiyatingiz chog` bo`ladi. Qahramonlarning qismati o`quvchini kuldirib qolmay, chuqur o`yga toldiradi. Ayniqsa, «Ikki karra ikki - besh» qissasidagi oddiy mehnatkash yigit Qo`shoqvoy taqdiri orqali hayotning pastu balandliklari mohirona ochib beriladi. To`plamdagi boshqa hangomalar ham bir-biridan maroqli.

Odilov Mirakbar Mirkomil o`g`li “Alkimyogar” asari haqida

Jahonning ko`plab tillariga tarjima qilingan mashhur asar har bir o`quvchini chuqur falsafiy mushohada yuritishga undaydi. Asarning asosiy maqsadi “O`zlik”, “O`z taqdirim” kabi o`ta keng qamrovli tushunchalarning mohiyatini anglashga, ularning zamirida yotgan mavhumlikni ochib berishga qaratilgan. Kishi nimaniki istasa, u albatta o`sha orzusining ro`yobini ko`rsh uchun ham intiladi, harakat qiladi. Aslini olganda inson aynan shuning uchun ham bu yorug` olamga keladi…

Agzamova Pokiza Baqoyevna “Matlai sa`dayn va majmai bahrayn” asari haqida

Muarrix Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa`dayn va majmai bahrayn” nomli asari temuriylar davriga oid eng muhim yozma manbalardan biridir. Mazkur asarning II jild 2-qismida Amir Temur vafotidan to Husayn Boyqaro hukmronligi boshlarigacha bo`lgan davrdagi (1405-1407) temuriylar davlati hududi, ayniqsa, saltanat poytaxtlari – Xuroson va Movarounnahrda ro`y bergan asosiy tarixiy voqealar solnoma tarzida yilma-yil bayon qilingan. Muarrix o`z asarida o`sha davrdagi madaniy hayot hamda temuriy hukmdor va malikalarning bunyodkorlik faoliyatini tasvirlashga katta ahamiyat bergan. Shuningdek, asarda temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston, Misr va boshqa mamlakatlar bilan diplomatik aloqalarini tasvirlashga ham keng o`rin ajratilgan.

Arzikulova Dildora Baxtiyorovna “Yulduzli tunlar” asari haqida

Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi shonli tarixiy drama. Ushbu asarni o`qir ekansiz, birgina inson vujudida ham shoh, ham sarkarda, ham shoir shaxsning jo`shqin qalbi urib turganligi, ushbu bir-biriga zid ammo qaysidir ma`noda shoh va shoir taqdirini hal etishga qodir bo`lgan insoniy tuyg`ular o`rtasidagi qahramon kechinmalarining mohirona badiiy tasvir etilganligini ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Bobur Mirzo va uning zamondoshlari obrazi sabab tarix bevosita ko`z o`ngingizda gavdalanadi, o`tmishga sayohat qilgandek bo`lasiz...

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Rahbar bo`lsang, kitob o`qi!

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Myunxauzenning boshidan kechirganlari - Rudolf Erix Raspe

Erix Raspening ushbu mashhur asaridan kichik sarguzasht hikoyalar o`rin olgan...

Nur borki, soya bor - O`tkir Hoshimov

Eng oqil mavjudot inson deymizu ba`zan odamning arzimagan narsaga aqli etmay qoladi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте