Yangilangan sana: 2018-03-21 Ko`rilgan: 521

Mamlakatimiz bo`ylab Navro`z sayillari bo`lib o`tmoqda

Yurtimiz bu gal ham tinch va osoyishta, xalqimiz sihat-salomat va bardam, salmoqli yutuqlari, mo`l-ko`l orzulari, ezgu tilaklari bilan Navro`z shodiyonalariga qadam qo`ymoqda. Osmonimiz musaffo. Bir dunyo orzular bilan ertani kutib, kelajakka ishonch bilan to`yu-tomoshalar qilish, yangi uy-joylar solish, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo`shish niyatida yashayotgan xalqimiz “Xush kelibsan o`lkamizga, Navro`zi olam, qadaming qutlug` bo`lsin! Yurtimizdagi tinchlik-omonlikka ko`z tegmasin!” deb qutlug` ayyomga peshvoz chiqmoqda.

Xalqimiz azaldan to`y va shodiyonalarni alohida taraddud bilan qarshi oladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 23-fevralda “2018-yilgi Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida”gi qarori qabul qilingan kundan boshlab mahallalarda, shahar va qishloqlarda hasharlar, keng ko`lamdagi obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.

21-mart erta tongdan karnay-surnay va nog`oralar sadosi taralib, yurtimizda Navro`z sayli boshlanganidan darak berdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro`zi olam - Sharqona yangi yil bilan butun O`zbekiston xalqini samimiy muborakbod etdi. Qutlug` kunda barchaga sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalarga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tiladi.

Shu kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o`tkazilgan Navro`z shodiyonalarida ham ishtirok etdi.

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog`ida tashkil etilgan bayram tadbirlarida viloyat jamoatchiligi, nuroniylar, ishlab chiqarish faollari, yoshlar bilan suhbatlashib, barchani bayram bilan yana bir bor tabrikladi. Samimiy suhbat chog`ida mamlakatimizdagi islohotlar, odamlar hayotidagi o`zgarishlar haqida so`z bordi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Yurtimizga bahor keldi. Butun borliqda uyg`onish, yangilanish, yasharish manzaralari

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Dunyodagi eng baxtli odam - Tarjimalar to`plami

Dunyodagi eng baxtli odam nomli ushbu to`plamda Albert Maltz, Alan Marshal, Virjiniya Vulf, Oldos Xaksli...

Yosh Verterning iztiroblari - Iogann Volfgang Gyote

Asar bosh qahramoni Verter - oddiy oiladan chiqqan, o`qimishli yosh yigit, she`riyat va tasviriy san`atga oshno qalb sohibi...

Mashhur yangiliklar