Yangilangan sana: 2018-01-01 Ko`rilgan: 112

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Qadrli do`stlar!

Jonajon Vatanimizga Yangi - 2018-yil kirib kelmoqda.

Siz azizlarni, mo``tabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, ko`p millatli butun xalqimizni ushbu qutlug` ayyom bilan samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.

Ming shukrki, turli muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, 2017-yil mamlakatimiz uchun tinch, har tomonlama omadli va barakali bo`ldi.

Biz taraqqiyotimizning yangi davri, yangi bosqichiga qadam qo`ydik. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarni bajarishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etdik.

Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2017-yilni barcha sohalarda yorug` yuz bilan yakunlashga erishdik.

Eng muhimi, davlatning xalqqa munosabati o`zgarmoqda. Xalq degan tushunchaning qadri yuksalmoqda. El-yurtga xizmat qilish hayotimiz mazmuniga aylanmoqda.

Bularning barchasi odamlarimizning kundalik hayotida o`z amaliy ifodasini topmoqda. Ularning ertangi kunga ishonchi yanada mustahkam bo`lmoqda.

Tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimiz ham, aytish mumkinki, g`oyatda samarali bo`ldi. Ayniqsa, qo`shni davlatlar bilan munosabatlarimiz yangicha ruh va mazmun kasb etmoqda.

Bu esa mintaqamizda o`zaro ishonch, do`stlik va hamkorlik muhitini yanada kuchaytirish uchun mustahkam zamin bo`lmoqda. Biz bu strategik yo`lni 2018-yilda ham izchil va faol davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, uzoq va yaqin barcha mamlakatlar xalqlarini ham, Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga tinchlik va ravnaq tilaymiz.

Aziz yurtdoshlar!

Biz Yangi - 2018-yilga Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili, deb nom berdik.

Biz buyuk kelajagimizni aynan mana shunday yuksak maqsad va g`oyalar asosida barpo etamiz.

Xalqaro maydonda keskin raqobat kuchayib borayotgan hozirgi vaqtda bu eng to`g`ri va samarali yo`ldir.

Shu ma`noda, 2018-yil O`zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bo`ladi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Yangi yilda ham xalqimiz hayot darajasi va sifatini, barcha toifadagi aholimiz daromadlarini oshirishga alohida ahamiyat beramiz.

Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va elatlar o`rtasidagi totuvlik, o`zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo`lib qoladi.

Chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kengaytirishga yanada katta e`tibor qaratamiz.

Ishonaman, 2018-yilda barchamiz birgalikda, o`zimizni ayamasdan mehnat qilib, o`z oldimizga qo`ygan vazifalarni bajarishga albatta erishamiz.

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Mana shu nurafshon daqiqalarda hammamiz ezgu orzu-umidlar bilan Yangi - 2018-yilga qadam qo`ymoqdamiz.

Mening niyatim, tilagim shuki, har bir oila, har bir inson murod-maqsadiga yetsin!

Barchangizga dunyodagi eng katta baxt - oilaviy xotirjamlik, farzandlar, nabiralar baxtu kamolini ko`rish nasib etsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo`lsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo`lsin! (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Siz azizlarni, mo``tabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, ko`p millatli

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`tkir Hoshimov - Hikoyalar

O`zbek hikoyanavisligi rivojiga salmoqli hissa qo`shgan adibning mazkur kitobga jamlangan, turli yillarda yozilgan eng sara hikoyalari ham kitobxonlarni befarq qoldirmasligi shubhasiz...

Jumaboy Rahimov - Adolat va qudrat timsoli

Ushbu kitob buyuk Sohibqiron Amir Temur xotirasi va hurmatiga bag`ishlangan...

Mashhur yangiliklar

2013-02-20 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте