Yangilangan sana: 2017-11-18 Ko`rilgan: 90

Milliy iftixorimiz timsoli

1991-yil 18-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimiz parlamenti tomonidan “O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Unda milliy bayrog`imiz davlatimiz suvereniteti ramzi ekanligi mustahkamlab qo`yilgan.

O`zbekiston Respublikasi bayrog`i va undagi har bir rang, har bir belgi mamlakatimizning milliy-madaniy an`analari va tabiiy iqlim sharoitlarini o`zida mujassam etadi.

Bayroq uchta teng gorizontal chiziq: moviy, oq va yashil ranglardan iborat matoni ifodalaydi. Oq rang tepa va past qismidan qizil chiziqlar bilan ajratilgan.

Bayroqdagi moviy rang - musaffo osmon va obihayot ramzi bo`lib, havo va suv hayotning ikki asosiy manbaidir. Oq rang tinchlik, poklik, fikr va harakatlarning ma`naviy tiniqligi, sofligiga ishoradir. Yashil rang esa tabiat va hosildorlik timsoli.

Qizil chiziqlar - har bir tirik vujudda jo`shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini ifodalaydi. Bundan tashqari, xalqimiz bu ikki chiziqni O`zbekiston zaminini obihayot bilan ta`minlovchi Amudaryo va Sirdaryoni ifodalovchi "qon tomirlari" deb ham ataydi. Bayroqdagi yarim oy mustaqil davlatning tug`ilishi, 12 yulduz esa musaffo osmon ramzidir. Tiniq osmon - bu tinchlik, yorug`liq, farovonlik belgisidir.

O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i mamlakatimiz dovrug`ini butun dunyoga taratish, yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, mustaqillik g`oyalariga sadoqat tuyg`ularini mustahkamlashning muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma`rifiy memorial majmuada Islom Karimovning O`zbekistonning davlat bayrog`i eskizini ishlab chiqish jarayonidagi shaxsan ishtiroki haqida so`zlovchi ko`plab tarixiy hujjat va materiallar saqlanmoqda.

Mustaqil O`zbekistonning bayrog`i Birlashgan Millatlar Tashkiloti shtab-kvartirasi peshtoqida 1992 yil 2 martdan buyon yuzlab boshqa bayroqlar qatorida hilpirab turibdi. Bu barcha yurtdoshlarimiz ko`nglini faxr va iftixor tuyg`ulariga to`ldirmoqda. Biz O`zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanimizdan faxrlanamiz.

Davlatimiz bayrog`i Prezident devoni, Oliy Majlisning har ikki palatasi, hukumat, mahalliy boshqaruv organlari, O`zbekiston a`zo bo`lgan xalqaro tashkilotlar, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik va savdo vakolatxonalari, konsullik muassasalari binolari peshtoqida hilpirab turibdi. O`zbekiston Prezidentining xorijga safarlari davomida bayrog`imiz o`sha mamlakat ko`chalarini bezab, o`zgacha fayz bag`ishlaydi. 1993 yilning oktabrida Prezident Islom Karimov mustaqil O`zbekiston davlat bayrog`i ostida BMT minbarida ilk bor nutq so`zlagan.

O`zbekiston delegatsiyasi ishtirokidagi turli bayram tantanalari, xalqaro tadbirlar chog`ida, yirik sport musobaqalarida davlatimiz bayrog`i Vatanimiz sharafini ifoda etadi.

Harbiy xizmatchilar O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i oldida tiz cho`kib, Vatanni fidokorona va sadoqat bilan himoya qilishga qasamyod qiladi. Xalqaro musobaqalarda g`olib bo`lgan sportchilar milliy bayrog`imizni sarbaland ko`taradi.

Tarixiy qadriyatlarimiz asosida ishlab chiqilgan, o`tmish, bugungi kun va kelajakni aks ettiruvchi davlatimiz bayrog`iga ehtirom har bir fuqaroning muqaddas burchi hisoblanadi. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta`kidlaganidek, milliy ramzlarning har biri milliy g`urur tuyg`usini oshirishga xizmat qilib, yoshlarni tarbiya qilishning muhim vositasi hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i buyuk o`tmishimiz, sharafli bugunimiz va yorqin kelajagimiz timsolidir. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

1991-yil 18-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimiz parlamenti tomonidan

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenkoni qabul qildi...

Hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilab bergan tarixiy tashrif

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте