Yangilangan sana: 2017-11-08 Ko`rilgan: 53

O`zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenkoni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, joriy yilda bo`lib o`tgan oliy darajadagi samarali uchrashuvlar va ularning yakunlari bo`yicha erishilgan kelishuvlar, jumladan, aprel oyida imzolangan ikki mamlakat mintaqalari o`rtasida hamkorlik to`g`risida hukumatlararo bitim O`zbekiston Respublikasi hududlari va Rossiya Federatsiyasi subyektlarining amaliy hamkorligini, avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni faollashtirishga xizmat qilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda O`zbekiston va Sankt-Peterburg shahri o`rtasidagi an`anaviy yaqin va o`zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko`rib chiqildi.

Bugungi kunda o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 200 million dollarni tashkil qilmoqda. Sankt-Peterburg shahrida 1 millionga yaqin yurtdoshimiz mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Shaharning yetakchi oliy o`quv yurtlarida 3 mingdan ziyod yoshlarimiz ta`lim olmoqda.

O`zaro savdo hajmini oshirish va yetakchi korxonalar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Sog`liqni saqlash, ta`lim va turizm sohalarida qo`shma dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenko Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. O`zbekiston bilan ustuvor yo`nalishlarda keng ko`lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta`kidladi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenkoni qabul qildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisini qabul qildi

Rossiya Hukumati raisi Dmitriy Medvedev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul...

Milliy iftixorimiz timsoli

1991-yil 18-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimiz parlamenti tomonidan...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте