Yangilangan sana: 2017-11-02 Ko`rilgan: 65

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo`lib turgan va MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadigan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.

Suhbat chog`ida joriy yilning aprel oyida Moskva shahrida o`tgan oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvlari, jumladan, oktyabr oyida MDHning Sochi sammiti doirasidagi muloqoti strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga kuchli sur`at bag`ishlagani, o`zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitgani alohida ta`kidlandi.

Ko`p qirrali O`zbekiston - Rossiya munosabatlarini yanada kengaytirish, o`zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo`shma kooperatsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Rossiya Hukumati raisi Dmitriy Medvedev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mamlakatlarimiz sheriklik munosabatlari va o`zaro amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi ta`kidlandi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Rossiya Hukumati raisi Dmitriy Medvedev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Xalqaro anjumanda ko`plab davlatlardan boburshunos olimlar ishtirok etmoqda

Andijonda "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining jahon madaniyati tarixida tutgan o`rni" mavzusida xalqaro anjuman o`tkazilmoqda...

O`zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenkoni qabul qildi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте