Yangilangan sana: 2017-10-27 Ko`rilgan: 86

Xalqaro anjumanda ko`plab davlatlardan boburshunos olimlar ishtirok etmoqda

Andijonda “Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining jahon madaniyati tarixida tutgan o`rni” mavzusida xalqaro anjuman o`tkazilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 2-3 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog`ida "Bog`i Bobur" istirohat bog`i, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi faoliyati bilan tanishib, bu yerni yanada obod qilish, Bobur ijodiy merosini o`rganish, keng targ`ib etish ishlari ko`lamini yanada kengaytirish zarurligini ta`kidlab, Bobur ijodiy merosini targ`ib etish bo`yicha Xalqaro anjuman o`tkazish taklifini bildirgan edi. Shu asosda tashkil etilgan mazkur anjumanda davlat va jamoat arboblari, tarixchi olimlar, boburshunoslar, shoir-yozuvchilar, jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Anjumanda istiqlol yillarida mamlakatimizda xalqimizning boy madaniy merosi, betakror arxeologik va tarixiy yodgorliklari, milliy qadriyatlarimizni, ayniqsa, jahon ilm-fani taraqqiyotiga, insoniyat tafakkurining yuksalishiga munosib hissa qo`shgan buyuk allomalarimizni ulug`lash, ular qoldirgan bebaho ilmiy merosning tarixiy ahamiyatini jahon jamoatchiligi e`tiboriga ko`rsatish borasida keng ko`lamli ishlar qilinayotgani ta`kidlandi. Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan Bobur va boburiylar hayoti, ijodiy merosini o`rganish, targ`ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.

- Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi va ilmiy ekspeditsiyasi tashkil etilganiga 25 yil to`ldi, - deydi Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov. - O`tgan davr mobaynida Fond tomonidan ko`hna tariximizni chuqur o`rganish, ma`naviyatimizni yanada yuksaltirish, Bobur va boburiylar yaratgan boy ilmiy-madaniy meros namunalarini Vatanimizga qaytarish va ilmiy iste`molga kiritish, zaminimizda tug`ilib, xorijda umrguzaronlik qilgan buyuk ajdodlarimiz qabrlarini obodonlashtirishga qaratilgan qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, Bobur izidan 40 dan ziyod mamlakat bo`ylab ilmiy safarlar uyushtirildi. Natijada ko`plab yangi-yangi manbalar topilib, “Bobur va jahon madaniyati” muzeyiga topshirildi. Hozir muzeyda 500 dan ziyod noyob qo`lyozma asarlar, nodir kitoblar, qimmatli manbalar saqlanmoqda. Jumladan, “Boburnoma”ning Haydarobod nusxasi, Bobur Mirzo kashf etgan alifbo - “Xatti Boburiy”da ko`chirilgan Qur`oni karim nusxasi, “Bobur kulliyoti”ning Eron nusxasidan ko`chirma hamda “Boburnoma”ning turli tillarga tarjima qilingan 20 dan ortiq nusxasi joy olgan.

Darhaqiqat, keyingi yillarda Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi va Xalqaro ilmiy ekspeditsiya tomonidan buyuk ajdodlarimiz mangu qo`nim topgan maskanlar izlab topildi. Abu Ali ibn Sino, Xorazmiy, Ahmad Farg`oniy, Lutfiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ali Qushchi, Kamoliddin Behzod, Boborahim Mashrab singari ulug` zotlarning qabrlari ziyorat qilindi.

Afg`onistonning Dashti Dehikanor qishlog`idagi yo`qolib ketish arafasiga kelib qolgan mavlono Lutfiyning, Hirot shahrining Musallo maydonidagi Alisher Navoiyning, Kamoliddin Behzodning qabr-maqbaralari sharqona loyihalar asosida obodonlashtirilib, ziyoratgohlarga aylantirildi. Ayniqsa, joriy yilda boburshunos olimlar tomonidan “Bobur ensiklopediyasi”, "Zahiriddin Muxammad Babur. Baburidы. Bibliografiya" nomli yirik kitoblar chop etilgani, “Zahiriddin Muhammad Bobur xazinalari” ruknida “Mubayyan va nasriy bayoni”, “Risolai Volidiyya” nazmiy tarjimasi va sharhi” asarlari yaratilgani, “Bobur va dunyo” jurnali nashr etila boshlaganini alohida e`tirof etish o`rinli.

Anjumanda Xitoy, Hindiston, Turkiya, Yaponiya, Bangladesh, Afg`oniston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon kabi ko`plab davlatlardan boburshunos olimlar ishtirok etmoqda.

- O`zbekistonda jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan ulug` allomalar hayoti va ijodini o`rganish, keng targ`ib qilish borasidagi ishlar davlat siyosati darajasiga ko`tarilganiga havas qildim, - deydi Bangladesh Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannon. - Xususan, ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo`shgan shoir, olim va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburga O`zbekiston zaminida ko`rsatilayotgan ehtirom xalqingizning o`z ajdodlarini e`zozlashining yorqin namunasidir.

Tadbirda yurtimiz va xorijlik boburshunos olimlar tomonidan Bobur va boburiylar hayoti, faoliyati va ijodining ilmiy, badiiy, tarbiyaviy ahamiyatiga bag`ishlangan ma`ruzalar tinglandi.

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida yaratgan ilmiy asarlari hamda Bobur va boburiylar merosini xalqaro miqyosda keng targ`ib etishdagi ulkan xizmatlari uchun rossiyalik olima Anna Dыbo, boburshunoslar Mirmahmud Mirsaydullayev, Shokirxon Rustamxo`jayev, turkiyalik boburshunos olim Yujel Bilol Bobur xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining jahon madaniyati tarixida tutgan o`rni mavzusida xalqaro anjuman o`tkazilmoqda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Toshkentda Rossiya kinosi haftaligi boshlandi

Haftalikdan ko`zlangan maqsad kino san`ati sohasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada kuchaytirish...

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisini qabul qildi

Rossiya Hukumati raisi Dmitriy Medvedev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul...

Mashhur yangiliklar

2014-02-18 Modernizatsiya

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте