Yangilangan sana: 2017-10-12 Ko`rilgan: 101

O`zbekiston Prezidenti BMT maxsus ma`ruzachisini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo`yicha kengashining din va e`tiqod erkinligi masalasi bo`yicha maxsus ma`ruzachisi Ahmad Shahidni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O`zbekiston Respublikasining BMT, uning tuzilma va institutlari bilan amaliy va o`zaro manfaatli hamkorligi mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Joriy yil may va iyun oylarida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Zayd Raad Al-Husaynning O`zbekistonga tashriflari hamda ular bilan o`tkazilgan uchrashuvlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ishtiroki yakunlari bo`yicha BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlariga muvofiq o`zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan "yo`l xaritalari" qabul qilindi va amalga oshirilmoqda.

Millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni mustahkamlash O`zbekistonni rivojlantirish bo`yicha qabul qilingan uzoq muddatli Harakatlar strategiyasi va BMT bilan keng ko`lamli hamkorlik dasturining ustuvor yo`nalishlaridan biri ekani alohida ta`kidlandi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 diniy konfessiya vakillari ahil-inoq, tinch-totuv yashab kelmoqda. Ular o`z huquq va erkinliklarini ro`yobga chiqarishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Jamiyatimizda do`stlik va mehr-oqibat, millatlararo va dinlararo totuvlik muhiti yanada mustahkamlanmoqda.

BMT maxsus ma`ruzachisi O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, bag`rikenglik va vijdon erkinligini ta`minlash, dinga e`tiqod qiluvchilarning huquqlarini himoya qilish va ularning kamsitilishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha yangi bosqichda amalga oshirilayotgan o`zgarish va islohotlarni yuksak baholadi.

Maxsus ma`ruzachi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bayon etilgan tashabbuslarning dolzarbligi va o`z vaqtida ilgari surilganini alohida qayd etdi.

Xususan, Ahmad Shahid "Ma`rifat va diniy bag`rikenglik" nomli maxsus rezolyutsiyani qabul qilish to`g`risidagi taklifi, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilayotgani to`liq qo`llab-quvvatladi.

Uchrashuvda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risidagi qonunchilikni takomillashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlar sohasida o`zaro muvofiqlashtirilgan choralar ko`rish va qo`shma tadbirlar o`tkazish masalalari ham muhokama qilindi.

BMT maxsus ma`ruzachisi Ahmad Shahid Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul hamda O`zbekistonga tashrifi tadbirlarga boy dastur asosida tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirib, O`zbekiston Respublikasi bilan tizimli, ochiq va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini qayd etdi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo`yicha kengashining din va

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Ta`lim sohasidagi islohotlar yuksak natijalar bermoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta`lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta`limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta`limning bakalavr yo`nalishiga...

Toshkentda Rossiya kinosi haftaligi boshlandi

Haftalikdan ko`zlangan maqsad kino san`ati sohasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada kuchaytirish...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте