Yangilangan sana: 2017-10-08 Ko`rilgan: 209

Ta`lim sohasidagi islohotlar yuksak natijalar bermoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta`lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta`limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta`limning bakalavr yo`nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig`ilish o`tkazdi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta`lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma`naviy jihatdan yetuk insonlar bo`lib voyaga yetishlarini ta`minlash, ularning qobiliyat va iste`dodi, intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg`ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta`lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan.

Hujjatda ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta`lim muassasalarini qurish, ta`mirlash va kapital ta`mirlash barobarida ularni zamonaviy o`quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o`quv-metodik qo`llanmalar bilan ta`minlash nazarda tutilgan.

2017-2021 yillarda oliy ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o`quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko`rsatish va moliyalashtirishning qo`shimcha manbalarini izlashda oliy o`quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo`li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi.

Keyingi bir yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yakin qaror, farmon va farmoyishlari qabul qilindi. Bu tom ma`noda ta`lim tizimidagi o`zgarishlar va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.

O`rta maxsus ta`lim tizimiga joriy yilda birinchi marta 10-sinflarga o`quvchilar qabul qilish yo`lga qo`yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobor olib borildi. Bunda asosan ota-onalar va o`quvchilarning xohish va istaklari inobatga olindi.
 
Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo`yicha ota-onalar va o`quvchilarning fiklarnini inobatga olish, ular bilan «ochiq eshiklar» kunlari kabi tadbirlar tashkil qilib, uchrashuvlar o`tkazish kerakligini alohida ta`kidladi.

2016/2017 o`quv yilida 466 mingdan ortiq o`quvchilar umumta`lim maktablarini tamomlagan bo`lib, shundan 170 mingdan ziyodi kasb-hunar kollejlariga o`qishga kirgan. 288 ming, ya`ni oltmish foizidan ortig`i 10 sinflarda o`qishlarini davom etirmoqda.

Yig`ilishda ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar ekan, yoshlarning kasb-hunar egalashi, o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e`tibor qaratildi.

Bunda yoshlarning ulug` ajdodlarimiz merosini o`rganishi, ularga mos yetuk kadrlar bo`lib voyaga yetishiga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Ulug` ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo`nalishiga oid chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo`ldi.

Mazkur maktabning tashkil etilishi kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, sohada yetuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog`ini tashkil etish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o`rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internati tashkil etiladi.

Maktablar oldiga qo`yilayotgan talablardan biri - yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo`lgan o`qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini xam o`qitishdir. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta`kidlandi.

Yig`ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o`rgangan holda 8-9 sinf o`quvchilarini kasbga yo`naltirish masalasi ham ko`rib chiqildi. Bu ta`limning keyingi bosqichida o`quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Endilikda umumta`lim maktablari bitiruvchilarini elikka yaqin kasbga o`rgatish yo`lga qo`yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o`quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba`zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga korxona va tashkilotlarga biriktiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bu borada muhim omil bo`lmoqda.

Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o`rinlarini yaratish imkonini beradi.

Prezidentimiz soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo`yicha mutaxassislar zarurligini o`rganib chiqish vazifasini topshirdi.

Yig`ilishda ta`lim muassasalari bo`yicha amalga oshirilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Oliy ta`lim muassasalarida o`quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta`lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta`lim muassasalariga bo`ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari oliy ta`lim muassasalarining bakalavr yo`nalishiga bo`ladigan test sinovlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, bunda rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o`tgan eng ilg`or tajribalarni tatbiq etish, test sinovlarining shaffofligini ta`minlash yuzasidan ham ko`rsatmalar berdi.

Yig`ilishda yoshlarda oliy o`quv yurtlariga o`qishga bo`lgan talabning oshib borayotganini, bunda muhim bo`lgan test sinovlari tizimining esa eskirgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari mutassadi rahbarlarga ta`lim tizimini takomilashtirish, o`quv adabiyotlari bilan sifatli ta`minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasida tegishli topshiriqlar berdi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta`lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta`limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta`limning bakalavr yo`nalishiga

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Xaker bo`lishdan foyda yo`q

Toshkentdagi Inha universitetida bo`lib o`tgan seminar shu mavzuga bag`ishlandi

O`zbekiston Prezidenti BMT maxsus ma`ruzachisini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo`yicha kengashining din va...

Mashhur yangiliklar

2013-04-05 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте