Yangilangan sana: 2017-09-28 Ko`rilgan: 132

Xaker bo`lishdan foyda yo`q

Toshkentdagi Inha universitetida bo`lib o`tgan seminar shu mavzuga bag`ishlandi. Unda axborot xavfsizligi, kibertahdidlarga qarshi kurashish mexanizmlari va virtual jinoyatchilarni qidirish uslublariga oid so`nggi ishlanmalar namoyish etildi.

Uchrashuvda O`zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O`zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, kiberxavfsizlik sohasidagi mahalliy va xorijiy kompaniyalar, “Kaspersky lab” kompaniyasi vakillari, axborot texnologiyalari bo`yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan poytaxtimizdagi oliy o`quv yurtlari o`qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Dunyoda kiberjinoyatchilik o`sishi bilan birga, virtual jinoyatchilardan himoyalanish uslublari ham takomillashayotgani ta`kidlandi. Bugungi kunda mamlakatimiz davlat organlari axborot tizimlarini ishlab chiqishda ularni ko`p bosqichli himoyalovchi hamda har qanday sanksiyalanmagan foydalanishga barham beradigan eng yangi texnik ishlanmalar qo`llanilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, O`zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta`minlashga ko`maklashish markazi ish boshladi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan jinoyatchilar xakerlik hujumlarida qo`llaydigan uslub va strategiyalar, ularning internet foydalanuvchilari orqali qabul qiladigan axborotni monetizatsiyalash bo`yicha standart usullariga oid malumotlar taqdim etildi. Shuningdek, yirik tashkilotlarga qaratilgan eng ko`p tarqalgan kiberhujumlarning ssenariylari haqida aniq misollar bilan atroflicha so`zlab berildi. Huquqni himoya qilish organlarining jinoyatchi shaxsini aniqlash maqsadida o`tkazadigan tergovi jarayonida qo`llaydigan uslub va vositalari tadbir ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg`otdi. Xususan, xaker joylashgan manzilni aniqlash imkonini beradigan turli dasturlar namoyish etildi. Bundan tashqari, mutaxassislar xakerlar ko`pincha internet tarmog`ida qoldiradigan izlar, shu va boshqa qo`shimcha alomatlar orqali jinoyatchilarni topish masalalarini muhokama qildi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Toshkentdagi Inha universitetida bo`lib o`tgan seminar shu mavzuga bag`ishlandi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Yangi davrni boshlab bergan tarixiy tashrif

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo`shma Shtatlariga tashrifi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so`zlagan nutqi yurtdoshlarimizga cheksiz g`urur-iftixor bag`ishladi...

Ta`lim sohasidagi islohotlar yuksak natijalar bermoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta`lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta`limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta`limning bakalavr yo`nalishiga...

Mashhur yangiliklar

2013-04-05 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте