Yangilangan sana: 2017-08-31 Ko`rilgan: 134

Mustaqil mamlakatimizning buyuk bayrami

Istiqlolimizning 26-yilligiga bag`ishlangan bayram tadbirida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasi chuqur ehtirom bilan yodga olindi.

Sahna ortidagi ulkan monitorda musaffo osmonimiz, oppoq kabutarlarning samoga parvoz qilgani tasviri aks etdi. Go`yo buyuk Yo`lboshchimiz ruhi jonajon Vatanining yangi parvozlariga oq yo`l tiladi.

O`zbekiston o`z mustaqilligining yangi davriga yangi yetakchi bilan qadam qo`ydi. 2016-yil 4-dekabr kuni bo`lib o`tgan umumxalq saylovida Shavkat Mirziyoyev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov siyosatini davom ettirish, shu bilan birga, barcha sohalardagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadini bayon etdi.

“Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, degan tamoyilga asosan mamlakatimizni modernizatsiya qilish, davlat boshqaruvi tizimining sifati va samarasini oshirish bo`yicha tub islohotlar amalga oshirildi. Boshqaruv organlari faoliyati takomillashtirildi, ko`plab vazirlik va idoralar qayta tashkil etildi, yangi tashkilotlar tuzildi.

“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilga muvofiq, xalq bilan muloqotning zamonaviy va samarali tizimi yo`lga qo`yildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, joylarda o`tkazilayotgan sayyor qabullar inson manfaatlarini ta`minlashga xizmat qilmoqda.

“Xalq boy bo`lsa, davlat ham boy va qudratli bo`ladi”, degan g`oya asosida aholiga keng imkoniyatlar berish, uning real daromadlarini ko`paytirish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ish o`rinlari yaratish, eksport hajmini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Bayram tadbirlarida yangragan kuy-qo`shiqlar olis-olislarga taralmoqda. Mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlarida bayram tantanalari, xalq sayillari davom etmoqda. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlarida bayram tantanalari, xalq sayillari davom etmoqda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi iyul 2017

Bugun 2017 yilning iyul oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

2017-yil 5-sentabr: O`zbekistonda 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 8100 so`mga teng

Shu munosabat bilan, Markaziy bankning valyuta kursi 2017-yilning 5-sentabridan boshlab 1 AQSh dollari uchun 8100 so`m darajasida o`rnatilmoqda...

Mashhur yangiliklar

2017-02-24 Sadoqatli do`st

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте