Yangilangan sana: 2017-08-21 Ko`rilgan: 188

Ahilligimiz, birdamligimiz namoyishi

Mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26-yilligiga bag`ishlangan umumxalq xayriya hashari bo`lib o`tmoqda.

Xalqimiz azaldan pokizalik, orastalik, saranjom-sarishtalikni yuksak qadrlaydi. Hovli-joylar,  ko`cha-ko`y, yon-atrofni ozoda, orasta saqlashdek qadriyatlarimiz inson qalbidagi poklik va obodlikdek ezgu tushunchalar bilan chambarchas bog`liq.

Istiqlol yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda milliy an`ana va qadriyatlarimizni ko`z qorachig`idek asrab-avaylash, ularning bardavomligini ta`minlash, ulg`ayib kelayotgan avlodni ibratli an`analarimizga sodiqlik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, fidoyilik ruhida kamol toptirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratila boshlandi. Ko`plashib shaharu qishloqlarni obod etish, mahallalarni yanada ko`rkam qilish, gul-ko`chatlar o`tqazish, yam-yashil maysazorlar, bog`lar, so`lim xiyobonlar yaratish, atrofni chinnidek sarishta holatga keltirish boshqalar namuna olsa arzigulik qadriyatlarimizdan biriga aylandi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar jarayonida odamlar ko`ngliga yo`l topa bilish, ularni o`ylantirayotgan dolzarb masalalar mohiyatining ildiziga yetib borish, kamchiliklarni o`z vaqtida, tezkorlik bilan bartaraf etishga oid ilg`or tashabbuslar hamyurtlarimiz tomonidan qizg`in qo`llab-quvvatlanmoqda. 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida ijtimoiy, madaniy-ma`rifiy sohalarni jadal isloh etish, xalqimiz uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish, yangidan-yangi ijtimoiy obyektlar barpo etish, yurtimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, mahallalarning imtiyoz va imkoniyatlarini tobora kengaytirish kabi keng qamrovli ishlar xalqimiz hayotining yanada obod va to`kin bo`lishidek maqsadlarga xizmat qilmoqda.   Yurtimizda uy-joy kommunal sohalari,  energiya, suv va issiqlik ta`minoti, transport qatnovini yanada yaxshilash, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish masalasiga jiddiy e`tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 27-iyundagi "O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida"gi qaroriga muvofiq eng ulug` va eng aziz ayyom - Vatanimiz istiqlolining 26-yilligini yuksak saviyada nishonlash uchun zarur barcha choralar ko`rilmoqda. "Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston!" shiori ostida qizg`in tayyorgarlik ko`rilayotgan bu yilgi qutlug` sana arafasida barcha yurtdoshlarimiz mamlakatimizdagi tinch va osuda hayotni, musaffo osmonimizni, ko`p millatli xalqimizning o`zaro totuv va ahilligi, jamiyatimizdagi o`zaro mehr va oqibat, e`zoz va hurmat, saxovat muhiti  eng katta boylik ekanini yana bir karra teran his etmoqda.

Xalqimizning birdamligi, yakdilligi,  hamjihatligi umumxalq xayriya hashari misolida yorqin namoyon bo`lmoqda. Ulug` ayyom - Mustaqillik bayramini munosib nishonlashga katta tayyorgarlik ko`rish, o`zaro mehr-oqibatni yanada kuchaytirish, beg`araz yordam, mehr-muruvvat, saxovat kabi tushunchalarning mohiyatini yoshlarga teranroq tushuntirish, mahallalar, turar joylarni yanada obod etish, joylardagi sanitariya holatini yanada yaxshilash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida  joriy yilning avgust oyi obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 19-20-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari sifatida e`lon qilindi.

O`zbekona mehnatsevarlik, ahillik, hamjihatlik ramziga aylangan ushbu hashar  yurtimizning barcha hududlarida, eng chekka qishloq va ovullarda, mahallalarda ham uyushqoqlik bilan o`tkazilmoqda.

Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvida umumxalq xayriya hasharini yuqori saviyada tashkil etish hamda o`tkazish bo`yicha Ishchi guruhi tuzildi.

Umumxalq xayriya hashari joylardagi barcha tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek, fuqarolar yig`inlari hududida uyushqoqlik bilan tashkil etilib, yurtdoshlarimiz faol qatnashmoqda. Hasharchilarning g`ayrat-shijoati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarga shakl berish va oqlash, ziyoratgoh va qabristonlarni tartibga keltirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Ko`plab mahallalarda aholiga maishiy xizmat ko`rsatish va savdo shoxobchalari, sport inshootlari, "Go`zallik salonlari", mahalla guzarlari barpo etish ishlari ayni hashar kunlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Shuningdek, yangi mahalla idoralari, bolalar sport maydonchalari foydalanishga topshirilmoqda.

Hashar kunlari kam ta`minlangan, alohida ehtiyojli oilalar, nuroniylar, boquvchisini yo`qotganlarga ko`mak ko`rsatish, bemorlarning holidan xabar olish, ularning uylarini ta`mirlash, moddiy va ma`naviy yordam berish bo`yicha keng qamrovli ishlar bajariladi. O`z ish joyida mehnat faoliyatini davom ettirayotgan har bir korxona, muassasa, tashkilot xodimlari ham umumxalq xayriya hashariga o`z ulushini qo`shmoqda. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26-yilligiga bag`ishlangan umumxalq xayriya hashari bo`lib o`tmoqda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Yagonasan, muqaddas Vatan

Mustaqilligimizning 26-yilligiga bag`ishlab tashkil etilgan "Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika ko`rik-tanlovi jonajon O`zbekistonimizni ulug`lovchi yuksak saviyali...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi iyul 2017

Bugun 2017 yilning iyul oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте