Yangilangan sana: 2017-08-10 Ko`rilgan: 206

Yagonasan, muqaddas Vatan

Mustaqilligimizning 26-yilligiga bag`ishlab tashkil etilgan "Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika ko`rik-tanlovi jonajon O`zbekistonimizni ulug`lovchi yuksak saviyali musiqiy asarlarni tinglovchilarga taqdim etishdek maqsadlarni ko`zlagani bilan ahamiyatlidir.

Vatanni sevmoq, uni avj pardalarda tarannum etmoq shoir, bastakor, xonandadan yuksak mas`uliyat, mahorat, professional yondashuvni talab etadi.

O`zbekiston davlat konservatoriyasida mazkur ijodiy tanlovning yakuniy bosqichi bo`lib o`tdi. Unda loyihaning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, turli vazirlik va ijodiy tashkilotlar tizimlarida g`olib bo`lgan ijrochilar, badiiy jamoalar ishtirok etdi.

O`zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan san`at, madaniyat, adabiyot ahliga ko`rsatilayotgan alohida e`tibor badiiy jihatdan barkamol asarlar yaratilishida muhim omil bo`layotganini ta`kidladi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 3-avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan bo`lib o`tgan uchrashuvida, milliy san`atimizning turli yo`nalishlarini ravnaq toptirishga oid qabul qilinayotgan qarorlarda bunday g`amxo`rlik o`zining yaqqol tasdig`ini topdi. Ijod ahli san`atning qay bir yo`nalishi bo`lmasin, hamisha hayotning oldingi saflarida bo`lmog`i zarurligini, doim ma`naviy bedor, yoshlar tarbiyasi, didi va saviyasini yuksaltirish, ularni ezgu g`oyalar asosida kamolga yetkazishda mas`uliyatni teran his etishi zarurligini bugun hayotning o`zi isbotlamoqda.

"Yagonasan, muqaddas Vatan!" ijodiy loyihasiga 2009-yil Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asos solingan. Ushbu ko`rik-tanlovdan ko`zlangan asosiy maqsad yosh avlodni Vatanga muhabbat, uning kelajagi uchun daxldorlik, mustaqillik g`oyalariga sadoqat, milliy an`ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Prezidentimizning 2017-yil 27-iyundagi O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risidagi qaroriga muvofiq joriy yilda mazkur san`at bayrami "Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston!" deb nomlangan ezgu shior ostida bo`lib o`tmoqda. Yurtimizning tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, farzandlar kamoloti uchun har birimiz fidoyi bo`lmog`imiz zarurligi tanlovga taqdim etilgan musiqiy asarlarning bosh mazmunini tashkil etdi.

Ko`rik-tanlovning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, turli vazirlik va idoralar, ijodiy tashkilotlardagi bosqichlari yuksak saviyada o`tkazildi. Bastakorlar, shoir va xonandalar ishtirokida yurtimizni tarannum etuvchi yetuk musiqiy asarlar yaratildi.

Ko`rik-tanlovda O`zbekistonimizni, uning maftunkor tabiatini, mehridaryo xalqimizni, shijoatli yoshlarimizni madh etuvchi qo`shiqlar yangradi. Qatnashchilarning ijrosini baholashda sahna madaniyati, san`atkor odobi, musiqiy asarning sifati va saviyasi, ijro mahorati kabi mezonlarga asosiy e`tibor qaratildi.

"Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika tanlovining g`olib va sovrindorlari Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik bayrami arafasida e`lon qilinadi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Mustaqilligimizning 26-yilligiga bag`ishlab tashkil etilgan Yagonasan, muqaddas Vatan! respublika ko`rik-tanlovi jonajon O`zbekistonimizni ulug`lovchi yuksak saviyali

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Adabiyot va san`at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma`naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir

Uchrashuvda milliy madaniyatimiz, adabiyot va san`atimizni rivojlantirish bilan bog`liq dolzarb masalalar, ularni hal etish yo`llari...

Ahilligimiz, birdamligimiz namoyishi

Mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26-yilligiga bag`ishlangan umumxalq xayriya hashari bo`lib o`tmoqda...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте