Yangilangan sana: 2017-07-21 Ko`rilgan: 178

Atoqli davlat arbobi va adibni yod etib

Prezidentimizning 2017-yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyatida ham ushbu sana munosabati bilan turli uchrashuvlar, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazilmoqda.

Sharof Rashidovning Surxondaryo vohasi va uning mehnatkash, bag`rikeng odamlariga mehr-muhabbatini viloyat aholisi yuksak qadrlaydi. Sharof Rashidov tashabbusi bilan amalga oshirilgan yirik bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari hududni rivojlantirish, aholi yashash sharoitini yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etganini faxr bilan eslaydi.

O`tgan asrning 60-70-yillarida asosan qishloq xo`jaligiga ixtisoslashgan viloyatda “markaz”dan yangi yerlarni o`zlashtirish, ko`proq paxta yetishtirish talab etilgan. “Yuqori”ning topshiriqlarini bajarish bahonasida u kishi avvalo xalqimiz manfaatini o`ylab ish yuritgan. Masalan, suv taqchilligini ro`kach qilib, hududlarni obihayot bilan ta`minlashga alohida e`tibor qaratgan. Shu maqsadda Qumqo`rg`on tumanida “Janubiy Surxon”, Jarqo`rg`on tumanida “Oqtepa” suv omborlari qurdirgan. Cho`lga nasos yordamida suv chiqartirib, yangi qishloqlar, aholi punktlari barpo etilgan. “Amu-Zang”, “Bobotog‘” singari kanallar qazdirib, Amudaryo suvini “Janubiy Surxon” suv omboriga keltirgan. Obihayot bilan ta`minlangan adir va yaylovlarda aholi faqat g`o`za parvarishi bilan shug‘ullanib qolmay, poliz, meva-sabzavot va boshqa ziroatlar yetishtirishni o`zlashtirgan. Yangi bog`-rog`lar yaratilgan.

Mahalla, ta`lim muassasalari, korxona-tashkilotlar va harbiy qismlarda tashkil etilayotgan xotira tadbirlarida Sharof Rashidovning nafaqat rahbarlik qobiliyati, balki sermahsul ijodiy merosini o`rganishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Sharof Rashidovning Surxondaryo vohasi va uning mehnatkash, bag`rikeng odamlariga mehr-muhabbatini viloyat aholisi yuksak qadrlaydi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Yunusobod tumanida Adabiyot bog`i barpo etiladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Bo`zsuv kanali bo`yida barpo etiladigan ushbu bog` loyihasi bilan tanishdi...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi iyun 2017

Bugun 2017 yilning iyun oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

2013-04-05 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте