Yangilangan sana: 2017-07-06 Ko`rilgan: 234

Dasturchilar uchun yangi imkoniyatlar

Dasturiy ta`minot ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarning Toshkent shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvida mamlakatimizda tashkil etilayotgan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo`llab-quvvatlash bo`yicha innovatsiya markazi doirasida yurtimiz dasturchilariga taqdim etilayotgan yangi imkoniyatlar, iqtisodiyotning yuqori texnologiyali tarmoqlarini rivojlantirish bo`yicha davlatimiz amalga oshirayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etgan tadbirda “O`zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “Uzinfocom” komputer va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi, mamlakatimizning yetakchi korxona va kompaniyalari, AKT sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o`quv yurtlari vakillari, telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi olimlari va mutaxassislari, jurnalistlar ishtirok etdi.

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.Shermatov so`nggi yillarda davlat boshqaruvining barcha sohalarida zamonaviy AKTni joriy qilish bo`yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat xizmatlari ko`rsatish mexanizmlari axborot texnologiyalarini rivojlantirish, "elektron hukumat" tizimini kengaytirish va amaliyotga tatbiq etish borasida salmoqli natijalarga erishish imkonini berayotganini ta`kidladi. O`zbekistonda AKT uchun dasturiy ta`minot mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar yaratishni kengaytirishda mamlakatimiz ixtirochilarini qo`llab-quvvatlash, shuningdek, 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko`zda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish, AKT mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni ko`paytirish maqsadida 2017-yil 30-iyunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu hujjatga muvofiq, axborot texnologiyalari sohasida xo`jalik yurituvchi subyektlar, dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilarini birlashtiradigan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo`llab-quvvatlash bo`yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tashkil etiladi. Markaz eksterritoriallik prinsipi asosida faoliyat yuritadi, ya`ni AKT sohasidagi korxonalar mamlakatimiz hududida joylashuvidan qat`i nazar, uning rezidentlari bo`lishi mumkin. Mazkur prinsip O`zbekistonda AKT mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Xo`jalik yurituvchi subyektlar va oliy ta`lim muassasalarining axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan o`zaro hamkorligini kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo`llab-quvvatlash bo`yicha innovatsiya markazining asosiy vazifalaridan biridir.

Innovatsiya markazi rezidentlariga AKT sohasida raqobatdosh loyihalarni ichki va tashqi bozorlarda sotish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda yordam ko`rsatiladi. Bundan tashqari, markaz oliy ta`lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining «axborot texnologiyalari» mutaxassisligi bo`yicha bitiruvchilarini ishga joylashtirilishini ta`minlash, shu jumladan, iqtidorli yoshlar tomonidan «start-ap» loyihalarini amalga oshirishda ularni qo`llab-quvvatlashda faol ishtirok etadi. AKT sohasida faoliyat yuritadigan kadrlar markaz bazasida qisqa muddatli va o`rta muddatli ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish, shu jumladan, chet el mutaxassislarini taklif etish yo`li bilan malakasini oshiradi va qayta tayyorlanadi.

Tadbirda Innovatsiya markazi rezidentlariga ko`plab imtiyoz va preferensiyalar berilishi ta`kidlandi. Xususan, ular 2028-yil 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalarni, yagona ijtimoiy to`lovni to`lashdan ozod etiladi. Shuningdek, ular O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o`z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta`minot vositalari uchun bojxona to`lovlari to`lamaydi (bojxona yig`imlaridan tashqari).

Mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savolga atroflicha javob qaytardi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Dasturiy ta`minot ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarning Toshkent shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvida mamlakatimizda tashkil etilayotgan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Poytaxtimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag`ishlangan bayram tadbiri bo`lib o`tdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar ommaviy axborot vositalari xodimlaridan yanada faol, hozirjavob, tashabbuskor bo`lishni, mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil asosida yoritishni talab etmoqda

Yunusobod tumanida Adabiyot bog`i barpo etiladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Bo`zsuv kanali bo`yida barpo etiladigan ushbu bog` loyihasi bilan tanishdi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте