Yangilangan sana: 2017-06-16 Ko`rilgan: 227

Yoshlar tarbiyasi - eng muhim masalalardan

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 78-umumta`lim maktabini borib ko`rdi.

Mamlakatimizda yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga alohida e`tibor qaratilmoqda. O`g`il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma`naviyatli bo`lib ulg`ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Uchtepa tumanidagi 78-maktab 1967-yilda qurilgan. Maktabni qayta ta`mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash rejalashtirilmoqda.

Prezidentimiz maktab bilan kollejlar o`rtasidagi bog`liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11-yillik ta`limni qayta tiklash, uning qoshida o`quv-kasb kursi tashkil etish zarurligini ta`kidladi.

Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo`lib, jamoa bo`lib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni o`sha paytda ularni o`zlari o`rgangan muhitdan ajratib qo`ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta`lim-tarbiyasiga salbiy ta`sir qilishi mumkin. Shu bois ta`lim jarayonining usluksizligini ta`minlash, o`quv dasturlarini takomillashtirish zarur.

Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo`lib o`tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi" mavzuidagi anjumanda so`zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to`xtalib o`tdi.

"Bizni hamisha o`ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so`z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog`liq. Bugun zamon shiddat bilan o`zgaryapti. Bu o`zgarishlarni hammadan ham ko`proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o`z davrining talablari bilan uyg`un bo`lsin. Lekin ayni paytda o`zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug` zotlarning avlodimiz, degan da`vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o`zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta`kidladi Prezidentimiz.

Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas`uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasining barcha bo`g`inlari - maktabgacha ta`lim, maktab, o`rta maxsus va oliy ta`lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta`mirlash bo`yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o`z samarasini beradi.   

Shu yerda 1-sinf o`quvchilariga beriladigan "Prezident sovg`asi" komplekti, maktab o`quvchilariga mo`ljallangan badiiy adabiyotlar,  xalq ta`limi muassasalarini yangi o`quv yiliga tayyorlash rejasi namoyish etildi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 78-umumta`lim maktabini borib ko`rdi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Yosh kitobxonlar Pushkinni yod etdi

Pushkin ijodining muxlislari, yosh kitobxonlar, ota-onalar, pedagog-o`qituvchilar jam bo`lgan kechada O`zbekiston davlat jahon tillari...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi may 2017

Bugun 2017 yilning may oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте