Yangilangan sana: 2017-06-07 Ko`rilgan: 220

Yosh kitobxonlar Pushkinni yod etdi

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida milliy va jahon adabiyotining yetuk namoyandalari tavallud sanalarini keng nishonlash an’anaga aylangan. Ziyo maskanining navbatdagi tadbiri atoqli rus shoiri Aleksandr Pushkin tavalludining 218-yilligiga bag`ishlandi.

Pushkin ijodining muxlislari, yosh kitobxonlar, ota-onalar, pedagog-o`qituvchilar jam bo`lgan kechada O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori I.Ahmedov shoirning hayot yo`li, serqirra ijodi haqida qiziqarli ma`lumotlarni so`zlab berdi. Yig`ilganlar atoqli rus shoirining vatanparvarlikka chorlovchi va lirik motivlarda bitilgan she`rlari, o`zbek tiliga tarjima qilingan asarlari bilan ham yaqindan tanishtirildi.

Tadbirning badiiy-musiqiy qismida yosh kitobxonlar tomonidan tayyorlangan "Lukomore bo`yida..." sahna ko`rinishi namoyish etildi. O`quvchi-yoshlar shoirning yuksak insoniy tuyg`ular tarannum etilgan she`rlaridan namunalar o`qib berdi, milliy va jahon mumtoz kuy-qo`shiqlarini ijro etdi.

Tadbir doirasida "Avlodlar shoiri" deb nomlagan ko`rgazma ochildi. Ko`rgazmaga Aleksandr Pushkinning bolalik, o`smirlik va yoshlik davri, o`qish yillari haqida hikoya qiluvchi, uning boy ijodini o`rganish, tahlil qilishga bag`ishlangan kitoblar va ilmiy risolalar qo`yilgan. Shuningdek, buyuk shoirning tanlangan asarlari, dostonlari, hikoyalari va balladalari, xatlari, hikmatlari hamda uning o`z asarlariga chizgan "Pushkin qo`li bilan" rasmlari jamlanmasi ham havola etildi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Pushkin ijodining muxlislari, yosh kitobxonlar, ota-onalar, pedagog-o`qituvchilar jam bo`lgan kechada O`zbekiston davlat jahon tillari

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Toshkentda kitob bayrami

Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini...

Yoshlar tarbiyasi - eng muhim masalalardan

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 78-umumta`lim maktabini borib ko`rdi...

Mashhur yangiliklar

2013-04-18 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте