Yangilangan sana: 2017-05-30 Ko`rilgan: 221

Toshkentda kitob bayrami

Toshkent shahrida “Adabiyotga e`tibor - ma`naviyatga, kelajakka e`tibor” shiori ostida kitob bayrami bo`lib o`tdi.

Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, noshirlar, yoshlar ishtirok etdi.

Ko`rgazma va kitob savdolarida yurtimiz nashriyotlarida chop etilgan badiiy, siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, darslik va qo`llanmalar taqdim etildi.

“Kitob - millatning bebaho madaniy va ma`naviy merosi” mavzusida o`tkazilgan yangi kitoblar taqdimoti hamda shaharda faoliyat yuritayotgan adabiy klublar ishtirokchilari mushoirasi yig`ilganlarda katta tassurot qoldirdi. (O`zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi aprel 2017

Bugun 2017 yilning aprel oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Yosh kitobxonlar Pushkinni yod etdi

Pushkin ijodining muxlislari, yosh kitobxonlar, ota-onalar, pedagog-o`qituvchilar jam bo`lgan kechada O`zbekiston davlat jahon tillari...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте